«Chelsi» rahbariyati himoyachi Jon Terri va yarimhimoyachi Eden Azar bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
TalkSPORT xabariga ko‘ra, 26 yoshli Azar yangi shartnomaga ko‘ra haftasiga 300 ming funt maosh oladigan bo‘ladi. Klub xo‘jayini Abramovich uni «Real»ga o‘tib ketishini istamayapti.
Jon Terri bilan 1 yillik yangi shartnoma imzolanadi, natijada 36 yoshli futbolchi «Stemford Brij»da 20-mavsumni o‘tkazadi.