Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi hali zabt etmagan marralar

Messi hali zabt etmagan marralar

Baho:
+ | -

«Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida futbol tarixiga kirishga ulgurganiga qaramay, u hali zabt emagan marralar ham anchagina. Ulardan eng muhimlarini yodga olamiz.

Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish – Argentina terma jamoasi hozirgacha ikki marta jahon chempioni bo‘lgan. Oxirgi marta bu 1986-yilda, Messi ko‘pincha taqqoslanadigan Maradona boshchiligida amalga oshirilgan. Messining Argentinasi esa 2014-yilda finalga chiqqan bo‘lsa ham, Germaniya terma jamoasidan alamli mag‘lubiyatga uchragan edi.

Kopa Amerikada g‘olib bo‘lish – so‘nggi marta Argentina terma jamoasi ushbu musobaqada 1993-yilda, Simeone, Batistuta va Redondo singari yulduzlar bilan g‘olib chiqqan. Hozirgi yulduzli tarkib esa oxirgi ikki musobaqaning finaliga chiqib, ikki marta ham Chili terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Argentina terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanish – bu boradagi rekord 145 ta o‘yin o‘tkazgan Xaver Zanettiga tegishli, Messida esa hozircha 116 ta o‘yin.

«Barselona» tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanish – Xavinining 767 o‘yinlik rekordini yangilash uchun hozircha 555 ta o‘yin o‘tkazgan Messi yana 200 dan ortiq o‘yinda maydonga tushishi kerak.

La Ligada bir o‘yinda eng ko‘p gol kiritish – Messi qanchalik kuchli hujumchi bo‘lmasin, hozircha «Barsa» a’zosi Kubala 1952-yilda va «Atletik» futbolchisi Bata 1931-yilda uddalaganidek bir o‘yinda 7 ta gol kirita olgani yo‘q.

Bir o‘yinda jarima zarbasidan xet-trik qayd etish – Messi jarima zarbalari ustasi hisoblanadi, biroq shu paytgacha 1998-yilda «Latsio» -» Sampdoriya» o‘yinida Sinisha Mixaylovich qilganidek bir o‘yinda uch marta jarima zarbasidan gol ura olmagan.

«Barsa»ning eng ko‘p «El-Klasiko»da maydonga tushgan futbolchisiga aylanish – bu borada ham Xavi 42 o‘yin bilan yetakchilik qilmoqda.

Chempionlar Ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchiga aylanish – Messi hozircha 4 marta ushbu musobaqada g‘olib chiqqan. «Real» a’zosi Gento esa 6 ta g‘alaba bilan rekord sohibi hisoblanadi.

Eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylanish – shu paytgacha 30 ta sovrin yutgan Messi 36 sovrini bor Rayan Giggzning rekordidan o‘zib ketish uchun yana harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lish – Messi La Ligada hozircha uch marta eng yaxshi to‘purar bo‘lgan, bu boradagi rekord esa 1944-1955-yillar orasida Bilbaoning «Atletik» klubi safida 6 marta La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Zarraga tegishli.

Penaltilar borasidagi rekord – Messi La Ligada ketma-ket 21 ta penaltini muvaqqiyatli yakunlay olgan, bu borada «Barsa»ning sobiq a’zosi Ronald Kuman 25 ta ketma-ket penalti bilan rekordchi hisoblanadi.

Chempionlar Ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘lish – bu musobaqada 94 ta gol kiritgan Messi 95 ta gol muallifi hisoblangan Ronaldu bilan bu borada poygalashmoqda.

Jahon chempionatida bir o‘yinda eng ko‘p gol kiritish – «Barsa»ning sobiq a’zosi Xristo Sotichkov 1994-yilda Bolgariya terma jamoasi safida bir o‘yinda olti gol urgan.

«Oltin butsa»lar soni bo‘yicha rekord – bu borada hozircha Krishtianu Ronaldu 4 ta «Oltin butsa» bilan yetakchi, Messida esa bu sovrindan uchta bor.

Va nihoyat, Pele singari 1000 tadan ortiq gol urish.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:01, 01.04.2017.
O'qildi: 19414 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.