Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Salobatga yarasha daromad

Salobatga yarasha daromad

Baho:
+ | -

Eshitgandirsiz, Portugaliya terma jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ayni payt dunyo bo‘yicha eng serdaromad sportchilar ro‘yxatini boshqarib turibdi. «La Primera» blogi (Bombardir.ru sayti) ijodkorlari uning aynan biznes bobidagi yutuqlari mohiyatini aniqlashga urinib ko‘rishdi. Sir emas, hozirgi kunda sport dunyosi - katta mablag‘ aylanadidan maydon. AQSHning mashhur Forbes jurnali har yili maxsus tadqiqot o‘tkazib, puldor sportchilar ro‘yxatini tuzib chiqadi. Ana shu tadqiqotlar natijasiga ko‘z yugurtirib, qiziqarli statistik ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Deylik, jurnal ijodkorlari yetuk sportchilar qancha vaqtda bir million funt topishlarini ham alohida hisoblab chiqishdi. Unga ko‘ra, Krishtianu Ronalduga 1 000 000 funt topish yo‘lida atigi 5,6 kun kifoya qilar ekan. Messi esa bir «limon»ga boyish uchun biroz ko‘proq sabr qiladi - 5,96 kun. Reytingdagi uchinchi futbolchi - Garet Beyl esa 12,77 kunlik mehnati natijasida bir million topadi. Chindan ham, qiziqarli reyting, shunday emasmi?! Ammo o‘z o‘rnida haqli savol tug‘iladi: «Krishtianu nimaning hisobiga dunyoning eng ko‘p haq oluvchi sportchisiga aylandi?» Deylik, nega Leo Messi yoki Neymarning yaqin do‘sti bo‘lmish Lyuis Xemilton emas?! Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu o‘tgan yili jami 88 million dollar topgan. Buning 56 millioni «Real» tomonidan to‘langan. Ya’ni futbolchining maoshi va turli mukofot pullari (bonuslar) hissasi shuncha. Qolgan 32 «limon» esa reklama shartnomalari va marketing huquqlari ulushidir. Xullas, shunday xulosa chiqarish mumkinki, portugaliyalik futbolchi bu boradagi yetakchilik mavqeini hali-veri boy bermasa kerak. Zero, asoslari yetarli.

Afsonaviy tarjimai hol. Krishtianuning tarjimai holi ba’zida ertakdek tuyuladi. Zero, u o‘ta qashshoq va serfarzand oilada tug‘ilgan va hech kimga kerak emasdi, go‘yo. Ronalduning onasi oilani boqish uchun bir necha joyda ishlar, otasi esa bor vaqtini mayxo‘rlik va ko‘ngilxushlik bilan o‘tkazardi. Shu boismi, Ronaldu juda yoshligidayoq ertasi haqida o‘zi qayg‘urmasa, boshqalar hech qachon uning uchun ortiqcha jon kuydirmasliklarini tushunib yetadi. Kim biladi, yigitcha ayni sababga ko‘ra, «Sporting» akademiyasida tinimsiz mehnat qilib, hattoki, mashg‘ulotlardan keyin ham maydonda qolib, o‘z ustida ishlagandir?! Oradan yillar o‘tgach, afsonaviy murabbiy ser Aleks Fergyuson shogirdi haqida shunday degandi: «Ronaldu o‘zini mustaqil ravishda ideal insonga aylantirganlar sirasiga kiradi. Biz esa shunchaki, uning kelajagi porloq bo‘lishi uchun tayanch dastagi sifatida xizmat qildik, xolos. Krishtianu mashg‘ulotlar va har bir maslahatga o‘ta jiddiy yondashardi. Hayotim davomida bunday tirishqoq, oldinga intiluvchi futbolchini sira uchratmagandim. U fantastik o‘yinchi va boshqalarga sira o‘xshamaydi». Bunday tarix tabiiyki, odamlarga juda xush yoqadi. Sport haqida tasvirga olingan aksariyat kinofilmlarni ko‘ring: ularning derli barchasida bosh qahramon avvaliga hech kim mensimaydigan, qashshoq yigit bo‘ladiyu, vaqtida miyasini ishlatib, keyinroq tinimsiz mehnatlar, mashaqqatli mashg‘ulotlar orqali mashhurlikka erishadi. Krishtianu ana shunday kinoqahramonlardan aslo qolishmaydi. Negaki, kambag‘al oila farzandi bo‘lgan bu yigit mehnat tufayligina futbol olamida superyulduzga aylandi. Ronaldu chindan ham, o‘zini-o‘zi yaratdi. Bas, shunday ekan, unga faqat bitta tilak bildirish mumkin: «Omadingni bersin, CR7!». Ehtimol, sport dunyosi bunday qahramonni hali-veri boshqa ko‘rmas...

Sport bobidagi muvaffaqiyat. Shubhasiz, Ronalduning moliyaviy yutuqlarida sportning o‘rni juda muhim. Deylik, u «Sporting»dan «Manchester Yunay-ted»ga o‘tgan vaqt shunchaki, «kelajagi bor yigitcha» maqomida edi. Manchesterliklarning tanlovda adashishmagani 2008 yilga kelib, yaqqol oydinlashdi. Harqalay, portugaliyalik futbolchi shu yili «Oltin to‘p»ga munosib ko‘rildi. Yana bir yildan keyin esa dunyo yulduzlariga o‘zgacha nazar soluvchi Madridning «Real» klubi inglizlar bilan aloqaga chiqdi va 94 mln. yevro bahridan kechib, Krishtianuni o‘z safiga qo‘shib oldi. E’tiborlisi, bu vaqt Ronalduning shaxsiy javonida «Oltin to‘p»dan tashqari, YECHL oltin medali, Angliya chempionatining 3ta sovrini va bir qator shaxsiy mukofotlar jamlangandi. Eng muhimi, «Real» Ronalduning transferi vositasida nafaqat to‘purar futbolchiga ega bo‘ldi, balki savdo-moliya sohasida ham cheksiz imkoniyatlar hosil qildi. Dalil asosida aytsak, 2009 yildan keyin sotilgan «Real» futbolkalaridan naq 40 foizi aynan Ronaldu hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, bu hamkorlik har ikki tomonni birdek qoniqtirmoqda. Chunonchi, Krishtianu jamoaga go‘yo, hisobsiz gollari bilan yordam berib, «Real» brendini yuksak darajada ushlab turgan bo‘lsa, klub portugaliyalik futbolchining g‘oyat ulkan moliyaviy ishtahasini to‘laqonli qondirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar. Krishtianu shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham juda faol va bu borada dunyoning eng mashhur futbolchisi sanaladi. Misol uchun, portugaliyalik yulduz Facebookda 120 million, Twitterda 50,5 million, Instagramda esa 93,3 million obunachiga ega. Shu sohada turli tadqiqotlar olib boruvchi tashkilotning aniqlashicha, Krishtianu ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar orqali yiliga kamida 176 million yevro topadi. Misol uchun, 2016 yili portugaliyalik tarmoqlarda reklamaga bog‘liq 255ta promo-xabar qoldirgan va ularning har biriga o‘rtacha hisobda 651 778ta izoh (layk, sharh, munosabat, baho) yozilgan. Xullas, Krishtianuning marketing guruhi g‘oyat samarali ish olib boryapti. Tabiiyki, Ronaldu hamkor kompaniyalarni targ‘ibot-tashviqot qilish barobarida shaxsiy hayotiga doir yangiliklar haqida ham yozib turadi. Bir so‘z bilan aytganda, uning sahifalari jonli va qiziqarli ko‘rinishga ega.

Media-qiyofa. Krishtianu Ronalduning tashqi ko‘rinishi ajoyib - atletlarga xos tana, xushbichim chehra va hokazo... Deylik, Frank Riberi har qancha urinmasin, reklama bozorida Ronaldudek pul topolmasdi, baribir.

Obro‘-e’tibor. Ronaldu brendini mustahkamlab, uning obro‘-e’tiborini oshiruvchi yana bir nechta omillar bor. Masalan, u otasi ichkilikka ruju qo‘yib, umrini xazon qilganidan to‘g‘ri xulosa chiqargan va hech qachon spirtli ichimlik yoniga sira yaqinlashmaydi. Shuningdek, Ronalduning badani turli-tuman bo‘lmag‘ur tatuirovkalardan ham xoli. Chunonchi, ayrim davlatlarda muntazam ravishda donorlik bilan shug‘ullanuvchi insonlar oldiga tatu chizdirmaslik talabi qo‘yiladi. Ronaldu donor sifatida ayni shu shartga to‘liq amal qiladi. Portugaliyalik futbolchining yana bir yoqimli mashg‘uloti - turli xayriya tadbirlarida faol qatnashish. U xususan, 2016 yilning avgustida CR7Selfie (1.99) dasturini ishga tushirdi. Muhimi, bu tadbirdan tushgan pulning katta qismi Save the Children jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Ko‘pchilik biladi, Krishtianu 2010 yili o‘g‘il farzandli bo‘ldi va hozirga kelib, bo‘sh vaqtini asosan shu bolakayga sarflamoqda. Bu holat Ronalduning mehribon ota ekanligidan dalolat. Krishtianu shuningdek, mashhur va yaxshi insonlar bilan do‘stona munosabat o‘rnatgan. Masalan, yozda Konor MakGre-gor bilan shaxsan uchrashib, do‘stlashib oldi.

I.RAHIMOV tayyorladi

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:49, 03.04.2017.
O'qildi: 10411 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.