Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

Oliy liga. “Olmaliq” - "Nasaf". Prevyu

Oliy liga. “Olmaliq” - "Nasaf". Prevyu

Baho:
+ | -

Oliy liganing 5-turida “Nasaf” “Olmaliq” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuv 7 aprel juma kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida, soat 18:00da boshlanadi.

Bo‘lajak uchrashuv haqida

Bo‘lajak, “Olmaliq” – “Nasaf” uchrashuvi juda qiziqarli bo‘lishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Bunga bir qancha sabablar bor.
"Nasaf" bu yilgi chempionatdagi barcha o‘yinda g‘alaba qozondi. Raqiblar darvozasini 8 marta ishg‘ol qilib, o‘z darvozasidan 2 marta to‘p olib chiqdi. Ayni paytda “ajdarlar” turnir jalvalining 3-pog‘onasida borishmoqda, jamoa hisobida 9 ochko bor.

“Olmaliq” jamoasining bu yilgi chempionatda omadi chopmayapti. Ular o‘tkazilgan 4 uchrashuvning bittasida durang, qolgan uchtasida mag‘lubiyatga uchradi. Konchilar 1 ochkoga ega va turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.

Uchrashuv hakamlari

“Olmaliq” – “Nasaf” uchrashuvini Baxtiyor Namozov boshqaradi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Ravil Shoyaxmetovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Shavkat Nasibullayev ishlaydi. Hakamlaraning barchasi Toshkent shahridan. Hakamlar ishini uchrashuvda buxorolik Ibrohim Sharipov nazorat qiladi.

Baxtiyor Namozov o‘tgan yilgi chempionatda "Nasaf" ishtirokida uchta uchrashuvda, kubok bahslaridagi bitta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan. Chempionat bahslaridagi uchrashuvlarning bittasida durang, bittasida g‘alaba va bittasida jamoamiz mag‘lub bo‘lgan. Kubok bahsida esa g‘alaba qozongan.

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Olmaliq” va “Nasaf” jamoalari, ilk bor oliy ligada 2008 yilgi mavsumda kuch sinashgan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o‘z nomlarini – “Olmaliq”qa almashtirishgan. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro ilk uchrashuv Qarshida bo‘lgan. Bunda kichik 1:0 hisobida "Nasaf" g‘alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

Shu paytgacha mazkur jamoalar o‘zaro 18 marta kuch sinashgan. Shundan o‘nta bahsda “ajdarlar” zafar quchishgan, yana yettita o‘yinda durang natija qayd etilgan. Bitta o‘yinda olmaliqlik futbolchilar o‘z maydonida g‘alabaga erishgan. To‘plar nisbati quyidagicha ko‘rinish olgan – 31:16. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.

Olmaliqda bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:
27.08.2008. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:1
29.06.2009. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:2
16.05.2010. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:0
22.10.2011. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:0
03.08.2012. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:1
08.11.2013. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:2
22.06.2014. “Olmaliq” - “Nasaf” 1:1
23.03.2015. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:0.
11.03.2016. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:3

Olmaliqda bo‘lib o‘tgan to‘qqiz o‘yindan beshtasida durang qayd etilgan. Uch uchrashuvda “Nasaf” g‘alaba qozongan, bitta uchrashuvda “Olmaliq” g‘olib bo‘lgan. “Olmaliq” o‘z uyida so‘nggi bor 2015 yili g‘alaba qozongan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bahs 6 aprel payshanba kuni “Metallurg” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 17:46, 04.04.2017.
O'qildi: 6478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.