Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Og‘ir atletika. Gulnoza Ahmadova jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Og‘ir atletika. Gulnoza Ahmadova jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Tailand poytaxti Bangkok shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetadi.   Musobaqada 57 ta davlatdan 445 nafar sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashishmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi ham musobaqada to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda. 
Bu safargi jahon chempionatida delegasiyamizga ilk medalni qizlar o‘rtasida 58 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva taqdim etgani hususida xabar berib o‘tgandik. Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 79, siltab ko‘tarishda esa 106 kilogramm og‘irlikni bo‘ysidira olgan, yakunda siltab ko‘tarishda kumush medalga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, umumiy 185 kilogramm natijasi bilan bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. 
Kecha yana bir qizimiz, Gulnoza Ahmadova 75 kg vazn toifasida dast ko‘tarishda 89 kg og‘irlikni bo‘ysindirib bronza medaliga loyiq ko‘rildi. Siltab ko‘tarishda esa Gulnoza 108 kg tosh ko‘tarib kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Natijada umumiy 197 kg natijasi bilan hamyurtimiz qozog‘istonlik Olga Pastuxovadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medali bilan taqdirlandi va terma jamoamizga muhim 25 ochko keltirdi. Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan yana bir sportchimiz Shodmonoy Ochilova esa musobaqani kuchli o‘nlikda yakunlab, terma jamlamiz hisobiga qimmatli 16 ochkoni qo‘shib qo‘ydi. Ma’lumot uchun, musobaqada 58 kg vazn toifasida delegasiyamiz uchun dastlabki medalni taqdim etgan Kumushxon Fayzullayeva bronza medalidan tashqari terma jamoamiz uchun 23 ochko ham ishlab olgandi.     Xabar berib o‘tganimizdek, bu safargi jahon chempionatida 2018 yilda Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga lisenziyalar o‘ynalmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jahon chempionatida 1-7 o‘rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko‘rinishida lisenziyalarga ega bo‘lishadi. Ya’ni umumjamoa hisobida kuchli yettitalikka kirgan davlatlar uchun 2 ta o‘g‘il bolalar va 2 ta qizlar uchun o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi ajratiladi. 8-17 o‘rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko‘rinishida yo‘llanmalar taqsimlanadi.    Demak o‘z o‘zidan ko‘rinib turidiki, Bangkokdagi jahon chempionatida o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyalari uchun asosan jamoaviy kurash kechmoqda. Bu esa musobaqani yanada keskin va murosasiz ruhda o‘tishini ta’minlab bermoqda. Jahon chempionatida bugungi kun holatiga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi qizlar o‘rtasida kuchli yettilikda bormoqda va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga beriladigan maksimal 2 ta yo‘llanma terma jamoamiz uchun deyarli naqd bo‘lib turibdi.    Bugun, jahon chempionatining so‘nggi kunida qizlar o‘rtasida +75 kg. vazn toifasida Dolera Davronova chiqish qiladi. Dolera hattoki kuchli o‘ntalikka kirib terma jamoamizga 16 ochko taqdim eta olsa ham delegasiyamiz Olimpiya o‘yinlarining 2 ta lisenziyasiga ega bo‘ladi. Jahon chempionatining yakuniy natijalari xaqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:48, 10.04.2017.
O'qildi: 5618 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.