Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Dani Alvesh “Barselona”dagi debyutini kimlar bilan o‘tkazgan?

Dani Alvesh “Barselona”dagi debyutini kimlar bilan o‘tkazgan?

Baho:
+ | -

Dani Alvesh Chempionla Ligasi chorak final bahsi oldidan “Barselona”ga qarshi o‘ynashni istamasligini aytib o‘tdi.

Braziliyalik himoyachi ertaga yangi jamoasi “Yuventus” tarkibida sobiq klubiga qarshi bahsda qatnashishi mumkin. UYEFA rasmiy veb-sahifasi esa Alveshning kataloniyaliklar uchun o‘tkazgan 391 uchrashuvning dastlabkisini eslab o‘tdi. 2008-yilda Krakovning “Visla”siga qarshi bahsda 4-0 hisobida qozongan “Barselona” tarkibida Dani Alvesh debyutini nishonlagan edi. Himoyachi asosiy tarkibni kimlar bilan boshlagan edi? E’tiboringizga o‘sha uchrashuvning asosiy tarkibini tanishtirib o‘tamiz:

1. Pedro Rodriges

Bu uchrashuv 21 yoshli Pedrito uchun ham e’tiborga molik edi. U ham Alvesh kabi “Barselona” safida debyutini o‘tkazgandi. Biroq, uning ajoyib davri hali oldinda edi. 2009/2010-yilgi mavsumda yosh Pedro Jovanni Silvaning 1997/1998-yilgi mavsumdagi ko‘rsatkichini ortda qoldirib ketdi. Yosh hujumchi bir mavsumda klub safida olti musobaqada gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. “Ko‘k-anorranglilar” uchun 320 uchrashuvda 99 gol urgan Pedro Rodriges 2015-yilda “Chelsi” safiga kelib qo‘shildi. Hozirda, “aristokratlar” safida chempionlik uchun kurashmoqda.

2. Tyeri Anri

Anri Fransiya terma jamoasi safida Yevropa chempioni bo‘lganida atigi 22 yashar edi. “Arsenal” afsonalaridan biriga aylangan Anri londonliklar safida 228 gol urdi. 2007-yilda esa Barselonaga ko‘chib o‘tdi. “Barselona”da ham yo‘qolib qolmagan hujumchi keyinchalik “Nyu York Red Bulls” safiga kelib qo‘shildi. Hozirda Angliyada TVdan birida boshlovchilik qilish bilan birga Belgiya termasi ustozi Roberto Martinesga yordamchilik ham qilmoqda.

3. Andres Inyesta

2010-yilgi Jahon Chempionati finali qahramoni klubi va termasi uchun muhim futbolchiga aylandi. Yevro-2012 ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Inyesta uzoq vaqt Xavi bilan birga « tiki-taka » uslubining bosh rollarini o‘ynadi. Hozirda « Kamp Nou »dagi 15-mavsumini o‘tkazayotgan don Andres jamoasi bilan 28 sovrin yutib olgan.

4. Xavi Ernandes

“Barsa” uchun 17 mavsum o‘tkazgan yarim himoyachi uzoq yillar klub va terma jamoaning yuragi bo‘lib keldi. Ayniqsa, Ispaniya termasining « Yevro-2008 » va « Yevro-2012 » va 2010-yilgi Mundialda muhim bo‘lagi bo‘ldi. « Ko‘k-anorranglilar » bilan 25 sovrin yutib olgan Xavi so‘nggi uchrashuvini yuqori notada yakunladi. 2015-yilgi Chempionlar Ligasi finalida « Yuventus »ni yenggan « Barselona » o‘z afsonasi bilan xayrlashdi. 37-yoshli Xavi Qatarning « Al-Saad » jamoasiga borib qo‘shildi va hamon o‘ynashda davom etmoqda.

5. Karles Puyol

“Sheryurak” “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining 2000-yillar boshidan to 2010-yilgacha muhim tarkibiy qismi bo‘lib keldi. Himoyaning har bir qarichida jonbozlik ko‘rsatgan klub sardori 2014-yilda o‘z faoliyatini yakunladi. Hozirda Mark Bartra va Boyan Krkichga agentlik qilmoqda.

6. Viktor Valdes

Viktor Valdes Frank Raykard davridan boshlab “Barselona”ning birinchi raqamli posboniga aylandi. Klub safida 535 uchrashuv o‘tkazgan posbon jamoa tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar orasida 6-o‘rinni band etib turibdi. Valdes “Manchester Yunayted”ga o‘tguniga qadar kataloniyaliklar darvozasini ishonchli qo‘riqlab keldi. Biroq, uning terma jamoadagi ishlari omadli kechmadi. Iker Kasilyas bilan deyarli tengdosh bo‘lgan posbon uning soyasida qolib ketdi. Belgiyada oz vaqt “Standard” tarkibida o‘ynagan darvozabon hozirda “Midlsbro”da faoliyat yuritmoqda.

7. Samuel Etoo

Kamerunlik futbol yulduzi “Barselona” bilan ikki bor, “Inter” bilan bir marta Chempionlar Ligasini yutib oldi. Ungacha esa Eto‘o o‘rtamiyona “Malyorka” safida to‘p surardi. 2004-yilda Barselonaga ko‘chib o‘tgan Eto‘o besh yil ichida 144 o‘yinda ishtirok etib, 109 marta raqib darvozabonlarini ranjitgan. Uch marta Ispaniya chempioni bo‘lgan kamerunlik hujumchi “Inter”da ham o‘zini munosib ko‘rsata oldi. Italiyadan keyin Rossiya va Angliya klublarida to‘p surgan hujumchi hozirda Turkiyaning “Antalyaspor” jamoasi safida o‘ynamoqda.

8. Seydu Keyta

Keyta “Sevilya”dan “Barselona” safiga kelib qo‘shilganida 28 yoshda edi. Ungacha malilik yarim himoyachi faoliyatini Fransiyaning “Marsel”, “Loryan”, “Lans” jamoalarida o‘ynagan edi. “Barselona” safida 4 mavsum faoliyat yuritgan yarim himoyachi zaxiradan maydonga tushishi bilan yodda qoldi. Shunga qaramay Keyta jamao bilan 14 sovrinni yutib oldi. “Roma”da ham faoliyat ko‘rsatgan Keyta hozirda Qatarning “Al-Jaysh” jamoasi safida harakat qilmoqda.

9. Rafael Markes

Meksikalik himoyachi kataloniyaliklar safida 7 mavsum davomida barcha musobaqalarda 242 uchrashuv o‘tkazdi. Markes Chempionlar Ligasini yutib olgan ilk meksikalik futbolchi hisoblanadi. Terma jamoasi safida esa 135 uchrashuvda ishtirok etgan. Ayniqsa, uning to‘rtta Mundialda qatnashgani tahsinga sazovordir.

10 Erik Abidal

Matonatli himoyachi Abidal futbolchilik faoliyatini “Monako” va “Lill” jamoalarida boshladi. Bu jamoalarda o‘zini ko‘rsata olgan Abidal ona shahri “Lion”ga borib qo‘shildi. “Lion”da ham yo‘qolib qolmagan fransiyalik himoyachi 2007-yilda “Barselona” a’zosiga aylandi. Xosep Gvardiolaning taktik sxemalariga mos tushgan futbolchini 2011-yildagi og‘ir xastalik to‘xtatib qo‘ydi. 2014-yilda faoliyatini tugatguniga qadar Abidal “Monako” va “Olimpiakos” safida o‘ynashga ham ulgurdi. Abidal hozirda, xayriya ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

11. Daniel Alvesh

2006 va 2007-yilgi UYEFA Kubogida “Sevilya”ning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shgan Alvesh 2008-yilda “ko‘k-anorranglilar” safiga kelib qo‘shildi. “Barselona” safida ham braziliyalik himoyachi o‘zining porloq davrini o‘tkazdi. Himoyachi “Barselona” bilan uch bora Chempionlar Ligasi, 6 bora Ispaniya chempionati va 4 marta Qirol Kubogini yutib oldi. 33 yoshli himoyachi “Yuventus” safida ham o‘zini ko‘rsatishda davom etmoqda. Ertaga bo‘lib o‘tadigan bahs esa Alvesh uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lishi tabiiy.

 

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:32, 11.04.2017.
O'qildi: 8803 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.