Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Monako» gol urishda, «Real»dan 2 ta gol o‘tkazgan Noyer seyv qilishda tengsiz bo‘lib turibdi

«Monako» gol urishda, «Real»dan 2 ta gol o‘tkazgan Noyer seyv qilishda tengsiz bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasining chorak final o‘yinlaridan keyin UYEFA maydondagi harakatlar borasidagi bir qator statistikalarni ma’lum qildi.

Ular orasida «Monako» klubiga tegishli bo‘lgan statistika o‘zining eng yaxshi ekani bilan ajralib turibdi. Gap shundaki, Leonardo Jardim murabbiylik qilayotgan klub Chempionlar ligasidagi so‘nggi 11 aniq zarbasida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu borada monakoliklar tomonidan berilayotgan aniq zarbalarni bartaraf qilish darvozabonlar uchun katta qiyinchilik tug‘dirayotgani ko‘rinib turibdi. «Monako» nimchorak finalning Manchesterdagi o‘yinida 3 ta, «Siti»ga qarshi javob o‘yinida 2 ta gol urdi. Shuningdek, Dortmundda «Borussiya» postiga ham 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyerda esa aksincha. Seyv namoyish qilishda Germaniya milliy terma jamoasi darvozaboni ko‘pchilikning havasini keltirib ulgurdi. Garchi Myunxen klubi o‘z maydonida «Real»ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Noyer 10 ta seyvni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

UYEFAning qayd etishicha, bunday holat so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda kuzatilgandi. Shundan keyin bitta o‘yinda bitta darvozabonga 10 ta seyv namoyish qilish nasib etmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:20, 15.04.2017.
O'qildi: 7070 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик