Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

YECHL. Ronalduning xet-trigi «Real»ni yarim finalga olib chiqdi

YECHL. Ronalduning xet-trigi «Real»ni yarim finalga olib chiqdi

Baho:
+-1 | -

Juda keskin kurashlarda ostida kechgan Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichidagi yana bir to‘qnashuv yakuniga yetdi.

Avtogol, qizil kartochka, qo‘shimcha bo‘limlar, hakamlarning xatolari, Ronalduning xet-trigi... Ushbu voqealar uchrashuvning juda keskin kechganidan dalolat berib turibdi.

Uchrashuvning debyutidayoq Anchelotti shogirdlari hisobni ochishlari mumkin edi. Alkantaraning uzatmasidan keyin Riberi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza oldiga uzatma berdi. Levandovski yaqin masofadan yo‘llagan zarba yo‘liga Marselo g‘ov bo‘ldi. Qaytgan to‘pni Robben darvoza tomon tepdi. Ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalariga qadar myunxenliklar to‘pni nazoratni qilgan bo‘lsalar-da, aslida "Madrid" to‘qnashuv taqdirini o‘z ixtiyorida ushlab turdi. Tanaffusga qadar Zidan shogirdlari tanaffusga qadar bir nechta vaziyatlarni yaratishdi. Noyer boshchiligidagi mudofaa chizig‘i qiyin vaziyatlarda sovuqqonlik bilan xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Real" hujum haqida o‘yladi. Ammo xavfli vaziyatlarni "Bavariya" yarata boshladi. Dastlab Robbenning zarbasidan keyin bo‘sh darvozaga kirayotgan to‘pni Marselo boshi bilan qaytarib qoldi. Oradan 1 daqiqa o‘tib esa Kazemiro xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘z jarima maydonchasi ichida Levandovskini yiqitdi. Belgilangan penaltini polshalik hujumchining o‘zi aniq amalga oshirdi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob tenglashgan bo‘lsa-da, safardagi gol evaziga "Madrid" hamon ustunlikka ega bo‘lib turgandi. Boz ustiga, uchrashuvning 76-daqiqasida Kazemironing uzatmasidan keyin Ronaldu bosh bilan Noyer qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 1:1.

Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas "Real" himoyachilari raqibga sovg‘a taqdim qilishdi. Markaziy himoyachilarning o‘zaro tushunmovchiligidan keyin Ramos o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Natijada ikkita o‘yin bo‘yicha hisob mutlaq tenglashdi.

Javob o‘yinida hakam cho‘natigidan qizil kartochkani oldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 6 daqiqa qolganida Kashshai "Bavariya" futbolchisi Vidalni maydondan chetlatdi va xatoga yo‘l qo‘ydi. Chililik futbolchi maydon markazida to‘p uchun kurashda Asensioga nisbatan chaqqonroq o‘ynadi. Vidal to‘pni tepganidan keyin "Real" futbolchisi raqib futbolchisi oyog‘iga urilib yiqildi. Hakam ikkinchi sariq orqali myunxenliklar futbolchisini maydondan chetlatdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin Anchelotti ko‘proq himoya haqida o‘ylashga majbur bo‘ldi. Madridliklar esa ustunlikdan foydalanishga harakat qilishdi. 99-daqiqada chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Asensio jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Noyer yaqin burchakka kirayotgan to‘pni qaytardi. Esktra-taymlarning dastlabkisi yakunlanayotgan paytda Ronalda o‘zining ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Ramos uzatma berayotgan paytda Krishtianu ofsaydda turgandi, laynsmen buni payqamay qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Marselo maydon markazida to‘pni egallab, super yurishni amalga oshirdi — u 3 futbolchidan o‘tib ketib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi hamda Ronalduga pas berdi. Krishtianu bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. Xet-trik va amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi!

Marko Asensio bu bahsni golsiz tark etmadi. U himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirdi va yakkama-yaka vaziyatda olis burchakni aniq nishonga oldi. 4:2.

Shu tariqa, Ronaldu ikkita o‘yinda "Bavariya" darvozasiga naq 5ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Real" esa Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

YECHL, chorak final, javob o‘yini
"REAL MADRID" - "BAVARIYA" - 4:2. Asosiy vaqt — 1:2. Qo‘shimcha bo‘limlar — 3:0
18 aprelya, 23.45, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 0:1 – 53, penalti Levandovski, 1:1 – 76 Ronaldu, 1:2 – 77, avtogol Ramos, 2:2 – 104 Ronaldu, 3:2 – 109 Ronaldu, 4:2 – 112 Asensio.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 114), Isko (Vaskes, 71), Ronaldu, Benzema (Asensio, 64).
Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 75), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 71), Levandovski (Kimmix, 88).
Ogohlantirishlar: Vidal (5), Kazemiro (40), Xabi Alonso (70), Xummels (75), Robben (101).
Chetlatish: Vidal (84).
Dastlabki o‘yin – 2:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:20, 19.04.2017.
O'qildi: 306681 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.