Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-0 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 0-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Mulohaza: Mohiyati yuzaki intriga

Mulohaza: Mohiyati yuzaki intriga

Baho:
+ | -

Bugun va ertaga yevrofutbol olami yana qalqib turadi. Xabaringiz bor, albatta, «Barselona» Turindagi uchrashuvda muxlislari asabini takror  sinovdan o‘tkazdi, «Nou Kamp»­da esa qo‘pol hazil uyushtirdi. Ha, «Real Sosyedad»ning chinakam «kambek»ka erishib, shov-shuv ko‘tarishiga sal qoldi. «Real» aksincha, xotirjamligi bilan barchani hayratlantirmoqda.

Hattoki, ikkinchi tarkib bilan ham La-liga bahsida g‘alaba qozonish - «Real» qudratining namoyishi. Fikrimizcha, Zayniddin Zidan «Bavariya»ni ruhan sindirish uchun shunday yo‘l tutdi. Ortiqcha hordiq chiqarish o‘z yo‘liga. Qudrat namoyishining ruhiyatga ta’siri esa bebaho omil hisoblanadi.

Xo‘sh, «Barselona» nimchorak final raundida kuzatilgan tarixiy «sensasiya»ni takrorlashi mumkinmi? Don Karlo sobiq shogirdidan ustun chiqish yo‘lini topadimi? Har ikki klub muxlislari javob uchrashuvlarida ijobiy natijaga umid bog‘lashmoqda. Albatta, umid qilish uchun ma’lum va mashhur asoslar mavjud, ya’ni umidsiz holatda «PSJ» jilovi tortildi. Nega endi «Yuventus»dan cho‘chish kerak?

Axir «Barselona» avvallari ham javob uchrashuvi evaziga «Yuve» to‘sig‘idan o‘tgan. Bu safar o‘sha tarix takrorlanishi mumkin emasmi? Mumkin, albatta. Lekin unutmaylikki, bu safar Luis Enrikega qarshi alamzada Massimiliano Allegri tish qayragan. Bu anchayin xavfli faktor. Qolaversa, Janluiji Buffonning shashti ham juda baland. Shunday ko‘tarinkilik «Barselona» muhitida ko‘zga tashlanmayapti.

Deylik, Ivan Rakitichning g‘alaba haqidagi so‘zlari ham u qadar ishonchli yangramadi. «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvidan avval esa Neymar haddan ziyod dadil so‘zlagandi. Endi jamoada o‘sha vaqtda sezilgan jangovor ruh yo‘q. Boshqacha ifoda etsak, yana mo‘’jiza yuz berishiga futbolchilarning o‘zlari ham ishonishmayapti, go‘yo. Holbuki, futbolda hamisha mo‘’jiza yashaydi. Ana, oliy ligamizning 5-turida «Lokomotiv»­ni yenggan «Sho‘rtan» mo‘’jiza ko‘rsatgandi. G‘uzorliklar navbatdagi turda ham mo‘’jizani takrorlashdi - endi «Paxtakor» mag‘lub etildi.

Qoyil! Mana shu - takroriy mo‘’jiza! Hammasi ishonch va ishtiyoqning zo‘rligidan. Qaysiki jamoa ishonch va ishtiyoq ortidan bir tanu bir jon bo‘lib ergashsa, mo‘’jiza yarataveradi. Shu ma’noda gapirsak, bir siltanib o‘zini o‘nglagan va ikki kuchli klubni ketma-ket yenggan «Sho‘rtan»ning natijalari mo‘’jiza sifatiga tortadi. CHL chorak finalida ishtirok etayotganining o‘ziyoq «Lester»ning yangi mo‘’jizasi.

Yakunlangan futbol haftasi muxlislarni shunday qizg‘inlik bilan qarshiladi. Shu qizg‘inlik ifodasi sifatida «Inter Futbol»ning doimiy va sadoqatli muxlisi G‘ulomjon Hamidov yozgan quyidagi she’riy misralarni e’tiboringizga havola etamiz.

YEVROFUTBOL FUSUNI

Tushunmadik «Barsa»ga

Fanati bor rang-barang.

O‘rtacha «Malaga»ga

Yutuqni berdi qarang.

------------------------------------------

Yutqazdi «Yuve»ga ham

Qani Parij sabog‘i?

Messining boshidir xam

Ochilmaydi qovog‘i.

------------------------------------------ 

Olti golli oltin to‘y

Takror bo‘larmi bugun?!

Buffon - mohir, baland bo‘y

«Barsa» - chun katta tugun!

------------------------------------------ 

«Real» safarda g‘olib

Ikkinchi tarkib bilan!

Ustozdan o‘zdi tolib

Tavakkal qildi Zidan.

------------------------------------------

Javob bahsi oldidan

Turlicha taxmin-faraz.

«Real» ancha oldi dam

«Bavariya» qilar araz.

------------------------------------------ 

Har bir klubda shunday

Bordir o‘zgacha qiliq.

Mening xulosam bunday:

O‘rganmoqda «Olmaliq»?

------------------------------------------

«Sherlar»ni yengib «Sho‘rtan»

Quvonch olsin mayliga.

Zo‘rdir zo‘r chiqsa zo‘rdan

Kettik gollar sayliga!

Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, G‘ulomjon aka - «Paxtakor»ning 60 yillik qadrdon muxlisi. U jonajon jamoasining bugungi achinarli holatiga befarq qarab turolmaydi. Qanday befarq qarasin?! Axir u kishining muxlislik staji klub tarixi bilan teng-ku!

Shu qadrdonlik hurmati fidoiy muxlis 

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz da

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 16:52, 19.04.2017.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик