«Real» yarimhimoyachisi Isko jamoadan hech qayerga ketmasligini aytdi.
«Real» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinman. Men «Real»ning safida ko‘p yillarni o‘tkazmoqchiman, bu haqda har doim aytganman» - dedi futbolchi A Bola xabarida.
Iskoning «Real» bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Avvalroq, uni «Barselona»ga o‘tishi haqida xabarlar chiqqan edi.