Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

YECHL. «Barselona» «Yuventus»dan o‘ta olmadi

YECHL. «Barselona» «Yuventus»dan o‘ta olmadi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi yarim finalchilari nomi aniq bo‘ldi. "Barselona" va "Yuventus" jamoalari "Kamp Nou"da yarim final yo‘llanmasi uchun jang olib borishdi. Turinliklar birinchi o‘yinda qo‘lga kiritilgan ustunlikni qo‘ldan chiqarib yuborishmadi.

Dastlabki o‘yinda "Barselona" 0:3 hisobida yutqazgani bois, kataloniyaliklarga tezkor gol kerak edi. O‘z navbatida Allegri shogirdlari safarda uriladigan bitta gol ularni yarim finalga juda ham yaqinlashishini his qilgan holda dastlabki daqiqalarda himoyaga yotmasdan, raqibning hujumiga hujum bilan javob qaytarib turdi. Bu holat taxminan 15 daqiqa davom etdi va shundan so‘ng "keksa sinyora" ko‘pchilik bo‘lib himoyaga yotishga majbur bo‘ldi.

Enrike shogirdlari ketma-ket hujumlar tashkil qilib, bir nechta vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuvdagi ilk o‘ta xavfli vaziyat 19-daqiqada yuzaga keldi. Alba chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga bergan uzatmani Suares to‘xtatib berdi. Messi to‘pni egalladi va 11 metrli nuqta ustida zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda "ko‘k-anorranglilar" yaratgan xavfli vaziyatlar soni oshdi, ammo bu kecha "Barselona" futbolchilariga gol urish nasib qilmagan ekan. Messi ikkinchi 45 daqiqalikda 2ta o‘ta qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Shu tariqa, argentinalik futbolchi faoliyati davomida Buffon darvozasiga gol ura olmaganicha qoldi. Bahs davomida mezbonlardan Serxi Roberto, Maskerano, italiyaliklardan esa Kuadrado, Iguian, Lemina kabi futbolchilar yaxshi imkoniyatlarni ko‘kka sovurishdi.

Umuman olganda, muxlislar 90 daqiqa davomida yuqori saviyadagi futbol guvohiga aylanishdi. Yaxshi himoyalangan "Yuventus" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

YECHL. Chorak final, javob o‘yini
"BARSELONA" - "YUVENTUS" 0:0
19 aprelya, 23.45, «Kamp Nou»
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto (Maskerano, 78), Rakitich (Pako Alkaser, 58), Buskets, Inyesta, Neymar, Messi, Suares.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Kyellini, Xedira, Pyanich, Kuadrado (Lemina, 84), Mandjukich, Dibala (Bardzali, 75), Iguain (Asamoa, 88).
Ogohlantirishlar: Inyesta (41), Neymar (44), Kyellini (57), Xedira (64).
Dastlabki o‘yin: 0:3

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:44, 20.04.2017.
O'qildi: 10816 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.