Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

OCHL: Faktlar, raqamlar, statistik ko‘rsatkichlar

OCHL: Faktlar, raqamlar, statistik ko‘rsatkichlar

Baho:
+ | -

Yong Su Choy boshqaruvidagi «Jiangsu Sunin» klubi sarmoyadorlar tomonidan ajratilgan mablag‘ni to‘liq oqlashga tushdi. Bizning vakillar esa 27 fevraldan buyon nihoyat, yana ochko olishdi.

Ammo bu birovga tatimagani o‘z-o‘zidan tushunarli... Shuningdek, «Seul» barchani ajablantirishda davom etyapti. Koreyslar 4-turda Avstraliya safaridan 3:2 ko‘rinishida g‘alaba bilan qaytib, «Vestern Sidney» oldidagi  «qarz»ni ortig‘i bilanqaytarishdi. 4-turda aynan 4ta penalti bexato ijro etilganini ham aytish o‘rinli.

«A» guruhi

*** Saudiya Arabistoni klublaridan faqat «Al-Tavon» BAA vakillariga qarshi o‘yinlar bo‘yicha salbiy to‘plar nisbatiga ega (-2). Umuman, «Tavon»ning joriy mavsumdagi 1 va 2-goli oralig‘idagi o‘yin vaqti 265 daqiqani tashkil etdi.

«B» guruhi

*** «Al-Jazira» - «Al-Fotih» o‘yinini stadionda atigi 322 nafar muxlis kuzatdi. 27 fevral kuni «Muhammad bin Zayd» arenasiga 2322 (!) tomoshabin tashrif buyurgandi. Xullas, 40 kun ichida g‘alati pasayish kuzatildi.

*** «Lahviya»ning koreyalik 25 yoshli legioneri Nam Taye Xvi OCHLdagi gollari sonini 10taga yetkazdi. U ushbu turnirda faqat mavsum-2013da gol urmagan.

*** «Al-Fotih»ning 25 yoshli hujumchisi Ali Ahmad al Zaqaan o‘yinning 90}1-daqiqasida ogohlantirildi va klubning 4ta tur davomida ishlagan sariq kartochkalari soni 11taga yetdi. «Fotih» bu borada joriy turnir «peshqadami» bo‘lib turibdi.

«C» guruhi

*** «Bunyodkor» OCHL guruh bosqichida 16ta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti. Shuningdek, jamoaning turnirda qo‘yib yuborgan gollari soni 100ta yetdi. «Yubiley» golni Murtazo Tabrizi «taqdim» etdi. Umuman, OCHLda sanoqli jamoalar 100tadan ko‘p gol qo‘yib yuborgan: «Chonbuk Xyunday» (112ta), «Al-Ayn» (112ta), «Paxtakor» (105ta) va «Al-Hilol» (104ta).

*** «Al-Ayn» - «Al-Ahli» (S.Arabistoni) bahsida «dubl» qayd etgan mehmonlar vakili Omar al Somah OCHLdagi gollari sonini 12taga yetkazib qo‘ygan bo‘lsa, mezbonlardan Umar Abdulrahmon 11-golini nishonladi. Shu tariqa al Somah turnir tarixidagi to‘purarlar reytingida 19-o‘ringa ko‘tarildi, Abdulrahmon esa 21-qatorga.

«D» guruhi

*** «Al-Hilol»ning braziliyalik hujumchisi Karlos Eduardo 2014|2015 yillar mavsumidan buyon Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda. U 4-tur bahsida penaltidan unumli foydalanib, OCHLdagi gollari sonini 7taga yetkazdi. Eduardo 2015 yili mazkur klub safida guruh bosqichining 4ta o‘yinida qatnashgan va o‘z nomiga 4ta gol yozib qo‘ygandi.

«E» guruhi

*** Guruh peshqadamligini qo‘lga olgan «Muangtong Yunayted» (1989 yili tashkil etilgan) atigi 10 yil oldin professional klub maqomini olgandi. E’tiborlisi, Tailand jamoasi ketma-ket 3ta mavsumda 3ta divizion g‘olibiga aylandi. OCHL guruh bosqichida esa bundan oldin faqat 2013 yili ishtirok etgandi.

«F» guruhi

*** Mavsum-2010dan 7 yil o‘tib, «Shanxay SIPG» orqali OCHLga qaytgan Odil Ahmedov joriy turnirda 5 marta maydonga tushib, jami 432 daqiqa harakatlandi.

*** «Seul» safida «dubl»ga erishgan Deyan Damyanovich OCHLda gol urish bobida 20talik dovonni zabt etdi. U buning uchun jami 46 marta maydonga tushgan.

*** 4-turda 90}...-daqiqada 1ta gol urildi. Uning muallifi: Laklan Skott («Vestern Sidney»). Umuman olganda, 4ta tur davomida qo‘shib berilgan daqiqalarda 8ta gol qayd etilgan bo‘lib, ulardan 5tasi o‘yin holatidan urildi.

«G» guruhi

*** «Suvon Samsung» vakili Ki Xun Yeom samarali «pas» bo‘yicha hammadan oldinda bormoqda - 3ta. 12 nafar futbolchi hisobida esa 2tadan samarali uzatma bor. Hamyurtimiz Odil Ahmedov hozircha 1ta golga hammualliflik qildi.

«H» guruhi

*** «Jiangsu Sunin»ning OCHLdagi ishtirokiga nazar solsak, shu paytgacha 9ta klub bilan to‘qnash kelgan. Xitoy jamoasi xususan, «Gamba Osaka»ga qarshi bahslarda 100 foizli natijaga erishgan. «Seul»ga ega 2ta o‘yinda ham yutqazib qo‘ygan.

*** «Adelaida Yunayted» OCHLdagi 40-o‘yinida 18-g‘alabasini tantana qildi. Avstraliya vakili 2012 yilgi turnir 1|8 finalida «Nagoya Grampus»ni 1:0 hisobida yengganidan buyon g‘alaba qozonolmay kelayotgandi.

*** Avstraliya klublarining J.Koreyavakillariga qarshi o‘yinlardagi umumiy statistikasi: 14ta g‘alaba, 19ta durang, 18ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 54-71. Eng qizig‘i, ikki davlat klublarining OCHLdagi qarama-qarshiliklarida avstraliyaliklar tomonidan urilgan 50-gol «Adelaida Yunayted»ning koreyalik legioneri (!) Kim Jaye Sung hisobiga yozildi.

Hafta qahramoni

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz da

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 02:22, 20.04.2017.
O'qildi: 4605 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.