Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari

«Monako»dan bir qancha rekordlar

«Monako»dan bir qancha rekordlar

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida ham Dortmundning «Borussiya»si ustidan g‘alaba qilgan «Monako» bir qancha rekordlar bilan Fransiya futboli zarvaraqlaridan joy oldi.

Rekordlar :

– « Monako » o‘z tarixida 4-bor (1993/1994, 1997/1998, 2003/2004) Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘ta oldi. Bu shuningdek fransuz jamoalari orasida ham rekord natija !

– Knyazlik klubi Chempionlar Ligasining 2- saralash bahslaridan boshlab yarim finalga qadar yetib kelgan ilk jamoaga aylandi.

– Kilian Mbappe 5 goli bilan musobaqaning eng yaxshi yosh hujumchisiga aylandi. Bu vaqtga kelib Mbappe 18 yosh 4 oylik edi.

– Ronaldu bilan birga, Mbappe bu mavsumda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi eng yaxshi hujumchiga aylandi. Ikkala hujumchi hozircha 4 uchrashuvda besh golga mualliflik qilishdi.

– « Monako »ning yana bir hujumchisi Valer Jermen ham bir rekordni o‘rnatdi. Hujumchi zahiradan tushib eng tezkor gol muallifiga aylandi. Hujumchi maydonga tushirilgach, 22 soniya o‘tib raqib darvozasiga gol urdi.

Boshqa statistikalar :

– Kilian Mbappe Chempionlar Ligasining 4 o‘yinida ketma-ket gol urgan 6- futbolchiga aylandi.

– « Monako » so‘nggi 16 uchrashuvda 16 gol urishga erishdi.

– Toma Lemar Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida 4 o‘yinda golli uzatmani amalga oshirgan navbatdagi futbolchiga aylandi. Undan oldingi ko‘rsatkich Iniyestaga tegishli.

– Radamel Falkao Yevropadagi nufuzli musobaqalardagi 50 uchrashuvini o‘tkazdi. Falkao 24 klubdan 22 tasining darvozasiga yo‘l topa olgan.

– « Monako » Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 4 o‘yinning barchasida 3 tadan gol urishga erishgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:11, 20.04.2017.
O'qildi: 4534 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.