Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Manchester Yunayted» muxlislari: Yana bir yil qol!

«Manchester Yunayted» muxlislari: Yana bir yil qol!

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro APLning 34-turidan o‘rin olgan «Brentford»ga qarshi bahsda o‘ziga xos tarzda golini nishonladi. 34 yoshli futbolchi uchrashuvning 11-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Golni nishonlash vaqtida braziliyalik futbolchi jamoa emblemasiga ishora qilib, uni bir necha bor o‘pdi. Bu holat «Old Trafford»ga yig‘ilgan minglab muxlislarni to‘lqinlantirib yubordi va ular baravariga «Yana bir yil!» deya hayqira boshlashdi. Shu tariqa ishqibozlar mavsum yakunida klubni tark etishini e’lon qilgan Kazemironi qolishga undashdi.

Avvalroq tajribali futbolchi yozda «Manchester Yunayted»dan ketishini rasman tasdiqlagan edi. Jamoadoshlari va muxlislarning ketma-ket iltimoslariga qaramay, Kazemiro hozircha o‘z qarorida qat’iy ekanini bildirib kelmoqda.

Kiritildi: 12:20, 28.04.2026.
O'qildi: 1851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик