Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Goldenboy ta’siri: «Tilla bolalar» hozir qayerda?

Goldenboy ta’siri: «Tilla bolalar» hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Italiyaning Tuttosportnashri GoldenBoy sov-riniga da’vogar futbolchilarning keng ro‘yxatini e’lon qildi. E’tibor bering, bu gal naq 98 nafar o‘yinchi gazeta e’tiborida turibdi. Ma’lumot uchun aytish kerak, har mavsum eng yaxshi yosh futbolchiga topshiriladigan individual mukofot 2003 yili ta’sis etilgan. Demakki, hozirga qadar 14 nafar yigit «Tilla bola» maqomini olishga ulgurdi. Xo‘sh, sovrin ularning keyingi taqdiriga qanday ta’sir qilgan? Soccer.ru sayti aynan sovrin laureatlarining bugungi darajalari bilan qiziqib ko‘rdi.

2003 yil: Rafael van der VART (Gollandiya; «Ayaks»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? «Ayaks» tarkibidagi qoyilmaqom o‘yinlari bilan. Rafael mavsum-2002|2003 kampaniyasi davomida klubi uchun naq 22ta gol urdi, vaholanki, u yarim himoyada to‘p surgandiBoz ustiga, 20 yoshli van der Vartning Golden Boy sovrinini olishiga qadar 2 marta jarrohlik stoliga yotishiga to‘g‘ri kelgandi. Muhimi, u bunday ko‘ngilsizliklarga e’tibor qaratmay, maydonga yanada kuchliroq futbolchi sifatida qaytdi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Rafael van der Vartning butun faoliyati ortda qoldi, hisob.Gollandiyalik futbolchi bu oraliqda «Gamburg»dagi o‘yinlari bilan yaqqolroq ko‘zga tashlandi, «Real»dan taklif olib, Madridda 2 yilcha to‘p surdi. Keyin esa «Tottenxem», yana «Gamburg» va «Betis» kabi klublar sharafini himoya qildi.

Hozir nima bilan band? Rafael 34 yoshga to‘ldi va ayni payt Daniya chempionatida rizq termoqda.Aniqroq aytsak, birinchi raqamli «Tilla bola» faoliyatining oxirgi qismida «Midtyulland» libosida ko‘rinish beryapti.

2004 yil: Ueyn RUNI (Angliya;  «Everton»|«Manchester Yunayted»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? Angliya futbolining yangi umidi avvaliga «Everton»da barchani hayratga soldi. Keyin esa «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilib, tezda o‘z o‘rnini topdi. Shuningdek, uning Yevro-2004da urgan gollari ham bosh laureatga aylanishida solmoqli tosh bosdi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Ueyn «Manchester Yunayted»dek klubda chinakam afsona darajasiga ko‘tarildi. Xususan, nafaqat «qizil iblislar», balki Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomini oldi.

Hozir nima bilan band? 31 yoshli Runi hamon «MYU» ixtiyorida. To‘g‘ri, Joze Mourinyo endilikda unga uncha ishonch bildirayotgani yo‘q. Xullas, hujumchining  yozda jamoa bilan xayrlashishi ehtimoli ancha baland.

2006 yil: Sesk FABREGAS (Ispaniya; «Arsenal»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? 19 yoshli xavbek «Arsenal»ning maydon markazidagi harakatlarini yengilgina boshqarishi bilan ko‘zga tashlandi. Ya’ni kechagi maktab o‘quvchisi emas, balki to‘liq shakllanganib ulgurgan ijrochidek taassurot uyg‘otdi. Aniqroq aytsak, Sesk 17 yoshidayoq «kanonirlar» asosiy tarkibidan joy olgan va mukofotni yutgan payt darhaqiqat, mukammal futbolchidek to‘p sura boshlagandi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Fabregas sovrinlar olish ilinjida jonajon klubi - «Barselona»ga qaytdi. Shu tariqa Kataloniyada 3 yil o‘ynab, ma’lum darajada maqsadiga erishdi, ammo CHLda g‘olib bo‘lish orzusi ushalmadi, baribir. Lekin Ispaniya terma jamoasida muhim rolga ko‘tarilib, jahon chempionatida zafar quchishdan tashqari, Yevropa birinchiligining 2 karra g‘olibiga aylandi. 2014 yili esa Angliya tomon ikkinchi yurishini boshlab, «Chelsi» bilan APLda chempionlikni tantana qildi.

Hozir nima bilan band? Hamon «Chelsi»da o‘ynash asnosida navbatdagi chempionlikka shaylanmoqda. Uning mavsum yakunida Angliyaning 2 karra chempioni bo‘lishiga deyarli shubha yo‘q. 

2007 yil: Serxio AGUERO (Argentina; «Atletiko»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? Yigitcha 19 yoshida «Atletiko» tarkibida munosib mahsuldorlik qayd etish barobarida Argentina milliy jamoasida muntazam o‘ynay boshladi. Vaholanki, o‘sha vaqt «albiselest»ning oldingi chizig‘ida raqobat o‘ta kuchli edi. Serxio bunga parvo ham qilmay, darhol o‘z so‘zini aytishga tushgandi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Aguero «Atletiko» bilan Yevropa Ligasi bosh sovrini va UYEFA superkubogi sohibiga aylangach, «Manchester Siti» taklifini qabul qildi. «Kun» - Angliya chempionatining 2 karra g‘olibi va APLdagi eng effektli hujumchilardan biri.

Hozir nima bilan band? Joriy mavsum ham to‘purarlik qobiliyatini to‘liq ishga solyapti va hozirgacha «Manchester Siti» uchun 20tadan ko‘p gol urdi. Xullas, Serxioning ishlari hamon joyida. To‘g‘ri, orada asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishiga sal qoldi. Ya’ni braziliyalik iqtidor Gabriel Jezus APLga shiddat bilan kirib kelgach, «Kun» biroz chetga surildi. Ammo raqobatchisi jarohatlangach, yana o‘z qaddini tutib oldi.

2008 yil: ANDERSON (Braziliya; «Manchester Yunayted»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? CHLda zafar quchgan «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibida faol to‘p surish asnosida Aleks Fergyuson ishonchini to‘la oqladi. Deylik, CHLning Moskvada kechgan final o‘yini («Chelsi»ga qarshi) penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbalardan birini aynan Anderson ijro etgandi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Anderson «MYU» uchun muhim futbolchi bo‘lish yo‘lida rosa ter to‘kdi. Ammo garchi «qizil iblislar» tarkibida naq 180 marta maydonga tushgan bo‘lsada, ishonchni oqlay olmadi. Ijara kelishuvi asosida «Fiorentina» safiga qo‘shilishi ham natija bermagach, jimgina yurtiga qayta qoldi.

Hozir nima bilan band? 2 yilcha «Internasyonal»da o‘ynadi, biroq bu klub Braziliya «A» seriyasidan tushib ketdi. Chamasi 1 oy oldin esa «Koritiba» bilan shartnoma tuzdi.

2009 yil: Aleshandre PATO (Braziliya; «Milan»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? Bir urinishda «Milan» asosiy tarkibidan joy oldi va ko‘zni qamashtiradigan darajada to‘p surdi. «Rossonerlar» Patoni «Yangi van Basten» sifatida ta’riflab, unga katta umid bog‘lashgandi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Chaqnash effekti uzoqqa cho‘zilmadi va futbolchining «Milan» bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi. Pato avvaliga to‘purarlik qobiliyatini o‘z vatanida tiklashga urinib ko‘rdi va bunga ma’lum darajada erishdi ham. Biroq «Chelsi»dagi ijara muddati omadsizlik bilan tugadi. Qolaversa, joriy mavsum avvalida «Vilyarreal»­ga o‘tib, Ispaniyada ham barqaror to‘p surolmadi.

Hozir nima bilan band? Braziliyalik «Tilla bola» qishda Xitoy tomon yuzlandi. Zero, «Tyanjin Kuanjin» klubi unga shohona shartnoma taklif etdi. Aleshandrening endi 27 yoshda ekanligini ham aytib o‘tish joiz.

2010 yil: Mario BALOTELLI (Italiya; «Inter»|«Manchester Siti»)

Mukofotga nimasi bilan munosib bo‘ldi? Mario birdaniga super-iqtidorga egaligini namoyish etdi va Joze Mourinyo boshqaruvida «Inter»ning g‘alabalariga o‘z gollari bilan munosib hissa qo‘shdi. «Manchester Siti» safiga qo‘shilganidan keyin ham salohiyatini ko‘z-ko‘z qilishda davom etdi.

Shundan buyon nimalar ro‘y berdi? Yong‘in, telbanamo xatti-harakatlar, o‘yin-kulgu, feyerverklar, pachoqlangan mashinalar va hokazo... Shuningdek, Italiya va Angliya o‘rtasidagi sargardonlik ham futbolchiga biror naf keltirmadi.

Hozir nima bilan band? Balotelli o‘z faoliyati va hurmatini saqlab qolish harakatini Fransiyaning «Nissa» jamoasida amalga oshiryapti. Hozircha ishlari chakki emasdek, harqalay, gollar urmoqda. Ammo yana avvalgi SuperMarioga aylanishi fantastikaday gap, baribir...

2005 yil: Lionel MESSI (Argentina; «Barselona»)

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 00:22, 21.04.2017.
O'qildi: 8339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.