Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hasanali Qodirov blogida: «Xush ko‘rdik»

Hasanali Qodirov blogida: «Xush ko‘rdik»

Baho:
+ | -

Yana Yozuvchining “ona” timsolida yaratgan mo‘’tabar siymo ko‘yini, uning ko‘rgan kunini o‘zimga taqqoslab, bo‘yimga bichib, uning ruhoniyatiga havas qilib, qarshingizga poyondoz to‘shab “Dasturxon” yozmoqdaman. Xush kelibsiz. Yoshim o‘tgan sari futbolga nechundir qattiqroq bog‘lanib qolmoqdaman. Hayotimning katta qismi Sovet davriga to‘g‘ri keldi. Kimlar u davrni kommunizm davri desa, kimlar qizil imperiya davri deydi. Men esiz davrim deyman. O‘sha davr bir kun kelib, o‘z tadqiqotchisini topib olar. Yoshligim Urushdan keyingi 50-yillarda o‘tdi. U paytlar aholining qozoni qiynalib qaynar edi. Adashdim. Sahovat sultoni sanalgan qora qozon tinmay qaynar edi. Topgan odam tagiga saksovul, topmagan tappi yoqar edi. Umochmi, qo‘g‘irmochmi, qurtovami, atalami, yovg‘on sho‘rvami, xullas bir nima kunda qaynab turar edi. Qora qozon topganini qaynatar edi. Zarang kosa o‘rtada aylanar edi.

Qo‘shnimi, yo‘lovchimi, ko‘zi tushgan, ko‘z tikkan barcha odamni o‘z atrofiga yig‘ar edi. Odamlar qornini to‘ydirolmasa-da, ko‘zini, ko‘nglini to‘q tutar edi. To‘kinchilik bo‘lmasa-da, to‘qchilik bo‘lgan edi. Hammaning ko‘zi to‘q, o‘zi to‘q, ko‘ngli to‘q bo‘lar edi. Qo‘shnilar bir-biriga ovqat ilinar edi. Balkim shu tufayli odamlar o‘zaro yaqin bo‘lishgandir. Birdamlik, hamdardlik baland bo‘lgan. Shuning uchun ham stadionlarimiz birdamlik koshonasiga aylanib ishqibozlar bilan to‘lib toshardi. “Paxtakor”ning bir xo‘rsinishi Anhorda ham eshitilib turardi. O‘sha davrni qumsab yuribman. 64-yil edi. Oltin uchun “Dinamo Tb” bilan “Torpedo M” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “pereigrovka” jangi esimdan chiqmaydi. “Paxtakor”ga 70ming ishqiboz sig‘ib ketgan edi o‘shanda. Rahmatli Yashnar akamlar har bir biletga “tonnel” uslubi bilan uch kishini olib kirib ketgan edilar. Burchakdan Datunashvili urgan javob golini, Metreveli, Xursilava, Mesxi o‘yinini eslayman.

Bugungi kunda odam odamdan uzoqlashib ketmoqda. Hamma o‘z tashvishi bilan band. Biri birining hayoti bilan ishi yo‘q. Birining biriga aytar gapi, sog‘ingan so‘zi, ko‘rgali ko‘zi yo‘q. Biri birini eshitgali qulog‘i yo‘q. Hammaning ko‘zi sensorda, qulog‘i naushnikda. Zamon o‘zgardi. Sovet davrida ertangi kundan hech kim g‘am yemas edi. Shunday bo‘lsa-da, Sovet davrida kechgan damlarim men uchun dam emas edi. Yaqin o‘tgan kunlarda “Chempion”chilar bilan uchrashaman deb, navbatdagi gazeta soni uchun yordamim tegar deb intilishlarim, taxririyatga yig‘ilib borishlarim hayotimda eng sermazmun dam bo‘lib qoldi. Afsuski, boshqa qaytib kelmas bo‘lib qoldi, kam bo‘lib qoldi. Bu holdan ko‘zlarim bugun nam bo‘lib qoldi.

Birgalashib yangi sonni tayyorlashimiz, tongi payt O‘rdadan uyga tarqalishimiz hayotimning eng shirin damlari ekan. Sezmay qolibman. O‘tdi-ketdi u damlar. Yurtga ma’rifat, ziyo tarqataman deb, futbolimizni targ‘ib qilaylik deb, tor xonaga yig‘ilib ishlagan bunday otabeklarni boshqa uchratmadim. Kamina Hasanali-otangiz dastyor edilar. Olib kelgan qaynoq maqolalarim issiq choy o‘rniga o‘tar edi. YOZUVCHImizning ruhi shod bo‘lsin. Bugun xayolan bo‘lsa-da, otabeklarim atrofimda bir davra bo‘lib o‘tirishini istadim. Aybga buyurmaysiz. Hammamiz xayolimda yana birgamiz.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:57, 21.04.2017.
O'qildi: 5490 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.