Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 0-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Oliy liga. "Navbahor" - "Sho‘rtan" (prevyu)

Oliy liga. "Navbahor" - "Sho‘rtan" (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 7-turida G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi Namanganda "Navbahor" klubi mehmoni bo‘ladi.

«Navbahor» (Namangan) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)
22 aprel 2017. Namangan. "Markaziy" stadion. 17:00
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), H. Shodmonov (Buxoro), A. Qo‘ldoshev (Buxoro), D. Jalimov (Toshkent vil..)
Nazoratchi: A. Abdullayev (Toshkent).

“Sho‘rtan” hamda “Navbahor” oliy ligada 22 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 11tasida “Navbahor” g‘olib bo‘lgan, 3ta o‘yinda g‘olib aniqlanmagan. “Sho‘rtan” hozirga qadar “Navbahor”ni 8 marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbatida ham ustunlik vodiy klubi tomonida - 34:31. O‘zaro o‘inlarda “lochinlar” 36 ochkoni, “oq bo‘rilar” esa 27 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Navbahor”ning “Sho‘rtan” ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 4:0ga teng. Qizig‘i “Sho‘rtan”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi ham 4:0 bo‘lib turibdi.

2016 yil Namangandagi o‘yinda tomoshabinlar 4ta gol guvohiga aylanishgan. Maydon egalari safida Aleksandr Pishur, Akram Baxriddinov, Muydin Mamazulunovlar bittadan gol urishgan. G‘uzorliklar tarkibida Abbos Omonov uz nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi – 3:1. G‘uzordagi uchrashuvda 5ta gol urilgan. 3:2 hisobidagi g‘alabani “Sho‘rtan” ilib ketgandi.

Namanganda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 6 uchrashuv:
16.04.2016 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 3:1
26.06.2015 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 4:2
20.06.2013 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 0:1
17.11.2012 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 1:1
20.03.2011 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 0:0
18.04.2010 «Navbahor» - «Sho‘rtan» 4:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Vodiyda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda mezbonlar 7 bor g‘alaba qozonishgan. 3 bora tomonlar durang qayd etishgan. Bitta bahsda esa “Sho‘rtan” safarda uch ochko qo‘lga kiritgan.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 12:36, 21.04.2017.
O'qildi: 3847 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик