Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Oliy liga, 8-tur. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

Oliy liga, 8-tur. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

Baho:
+ | -

Kecha “Nasaf” oliy liga 8-tur uchrashuvini safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

“Ajdarlar” kecha oliy ligadagi 595-uchrashuvini o‘tkazishdi. Bu uchrashuv har ikkala jamoa uchun prinsipial ahamiyatga ega edi.

Uchrashuv boshlanishi jamoamiz uchun omadsiz bo‘ldi. 5-daqiqada himoyachilarga yordamga yetib kelgan Islom Kenjaboyev, jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Uchrashuv hakami mezbonlarga 11 metrlik jarima to‘pi tepishni ko‘rsatdi. Ilhom Yunusov jarimani amalga oshirdi, to‘p yo‘nalishini to‘g‘ri topgan darvozabonimiz Eldorbek Suyunov bari bir zarbani qaytarishga ojizlik qildi – 1:0.

O‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborishgan jamoamiz hisobni qisqartirish uchun juda ko‘p ter to‘kdi. Gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Ammo gol urishni hech kim uddalay olmadi.

Birinchi bo‘limning 18-daqiqasida futbolchilarimiz deyarli 16 metrlik chiziqda jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Bu nuqtadan Cheran o‘tgan o‘yinlarda unumli foydalangan edi. Ammo u negadir to‘pni yonida turgan B.Abdurahimovga tashlab berdi. Abdurahimovning darvozaga yo‘llagan zarbasi noaniq bo‘ldi. Bu gol urish uchun juda qulay vaziyat edi.

Keskin kurashlar ostida kechgan birinchi bo‘lim, 1:0 hisobida “Qizilqum” jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida xuddi “Qizilqum” jamoasida bo‘lgani kabi, endi “Nasaf”ga 11 metrlik to‘pi tepish imkoni berildi. Bunda Shukurali Po‘latov to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan edi. Jarimani Dragan Cheran aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limning qolgan daqiqalarida jamoalar ochiq futbol namoyish qilishga o‘tishdi. O‘yinning aksariyat vaqtida ustunlik jamoamiz tomonida bo‘ldi, ammo maydon egalarining ham qarshi hujumlari xavfli ko‘rinish oldi.

Yana jamoamizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Afsuski bu imkoniyatlardan futbolchilarimiz foydalana olishmadi. To‘purar hujumchimiz Dragan Cheranni himoyachilar juda yaxshi qo‘riqlashdi.

Bir necha o‘yinlardan buyon kichik jarohati borligi tufayli jamoamizga yordam bera olmayotgan tajribali hujumchimiz Shaxboz Erkinov ham bugun nihoyat ikkinchi bo‘lim oxirlarida maydonga tushdi. Ammo bu futbolchimizga ham bugun gol urish nasib etmadi.

 

Keyingi o‘yinlarda futbolchilarimizning gollar urishi juda qiyin bo‘layapti. Bugungi o‘yinda ham shunday o‘yinni guvohi bo‘ldik. O‘ylaymizki, bu kamchiliklar bartaraf etiladi. Zero, futbolda gol urmasdan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

O‘yinda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Uchrashuv jangovor durang natija bilan nihoyasiga yetdi.

“Nasaf” navbatdagi 9-tur uchrashuvida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 6 may kuni bo‘ladi.

O‘zPFL, 8-tur

“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi) 1:1 (1:0)

29.04.2017. “Yoshlar” sport majmuasi. 18:00da

Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Doniyor Saylavov, Aleksandr Sidorov (ikkalasi ham Toshkentdan)

Zaxira hakami: Jasur Muxtarov (Toshkent)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobir Haydarov.

Gol: Ilhom Yunusov (penaltidan), 5’-1:0 – Dragan Cheran (penaltidan), 48’-1:1.

Qizilqum”: 22.Artyom Makosin, 3.SHukurali Po‘latov, 4.Erkin Boydullayev, 10.Vohid Shodiyev (9.Otabek Zokirov 87), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan, 19.Jasur Hasanov, 20.G‘ayrat Jumayev, 23.SHerali Jo‘rayev, 27.Ilhom Yunusov, 77.Bekzod G‘anijonov.
Zaxira: 16.Umidjon Xonimqulov, 8.Akmal Rustamov, 15.Azamat Allaniyazov, 18.Samandar Shodmonov, 25.Azizbek Usmanov, 85.Andrey Derkach.

Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odil Hamrobekov, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboyev (14.SHarof Muhitdinov 46), 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 9.Dilshod Xushbakov, 15.SHaxboz Erkinov, 31.Saydullo Rahmatov, 38.Doniyor Narzullayev, 45.Bobir Abduxoliqov.
Ogohlantirish: Erkin Boydullayev 52, Sherali Jo‘rayev 87.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:57, 30.04.2017.
O'qildi: 4142 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.