Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din - Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers - Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr - Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf - Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor - Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn - Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda - Shtutgart
27/11 22:45 Shturm - Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako - Benfika
28/11 01:00 Aston Villa - Yuventus
28/11 01:00 Bolonya - Lill
28/11 01:00 Seltik - Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb - Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul - Real Madrid
28/11 01:00 PSV - Shaxtyor

Taysondan tortib Shvarseneggergacha, Lennoksdan Joshuaning o‘zigacha lol qoldirgan jang haqida

Taysondan tortib Shvarseneggergacha, Lennoksdan Joshuaning o‘zigacha lol qoldirgan jang haqida

Baho:
+ | -

Entoni Joshua va Vladimir Klichko o‘rtasidagi jang oldidan va undan keyin bildirilgan fikrlar quyida taqdim etiladi.

Jang oldidan

«Men Entonini hech qachon bunday baquvvat va zabardast ko‘rmagandim. U Arnold Shvarseneggerning navqiron yillarini eslatib yubordi. U nokautchi, men esa urishni biladigan bokschiman.

«Bu kecha men uchun atalishini his qilmoqdaman. Bu Joshua uchun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ladi. Chunki u bunga qadar mening saviyamdek raqib bilan to‘qnash kelmagan. Shu bilan bir qatorda bu jang men uchun ham chaqiriq qo‘ng‘irog‘idir» - Vladimir Klichko, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni.

Joshuaga qarshi jang oldidan afsonaviy Mayk Tayson ham Klichko tomonida ekanini yashirmadi.

«Eshiting, agar Klichko o‘tgan vaqt davomida qilgan ishlarni sarhisob qilsak, u eng zo‘r bokschi. U o‘z vaqtida eng kuchli bokschilarni mag‘lub etgan. Ha, u mag‘lab ham bo‘lgan, biroq har safar ringga qayta olgan. Vaholanki yirik mag‘lubiyatidan keyin yo‘q bo‘lib ketgan va biz u haqda keyinchalik eshitmagan bokschilar to‘lib yotibdi.

Men ukrainalik bokschi g‘alaba qozonishini istardim. Ammo bu umuman oson bo‘lmaydi. Men Joshuaning harakatlarini ko‘rib tushundimki, u dahshatli yigit.

Bu yoshda ringga chiqishga bo‘lgan ishtiyoqni topishning o‘zi muammo. Odamlar qarib qolganing, vaqt o‘tayotgani haqida gapiradi, ammo eng muhimi — sportda ekaningni his qilish va ringga ko‘tarilishga erisha olish. Bunda raqibni urib tashlashga bo‘lgan ishtiyoq oldingilaridan ham kuchliroq bo‘lishi kerak.

Joshua? U aqlbovar qilmas darajada yirik. U haqiqiy chempionlar kelbatini ko‘rsatmoqda. Bunga haqqoniy erishishi uchun esa Klichkoni mag‘lub etishi kerak. U boksni jiddiy qabul qildi, demak, shu sohaning kelajagi deb bemalol aytsak bo‘ladi. Bunday vaznda berayotgan tezkor zarbalari reallikdan yiroqdek ham ko‘rinadi.

Joshua raqibiga yirtqich kabi tashlanishi turgan gap. Klichko esa masofani ushlay bilishi va botmondek keladigan o‘ng qo‘li bilan bo‘ladigan hamlasi uchun payt poylashi kerak.

Joshua esa yutishi uchun shunchaki ringga chiqishi va raqibini urishi lozim. Unda buning uchun hamma sharoit bor, hattoki, nokautga erishishi uchun ham» - Mayk Tayson, og‘ir vaznda jahonning mutloq chempioni.

Jang oldidan bergan intervyusida Joshuaning buyuk bo‘la olishini taxmin qilgan, biroq uning o‘zi kabi darajaga chiqa olmasligiga ishongan Lennoks Lyuis Klichko haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Hamma Klichkoning qarib qolgani va qo‘lidan ish kelmasligi haqida gapirmoqda. Biroq men aminmanki, Vladimir bu gaplar bir tiyinga qimmat ekanini isbotlashga tayyor. Chunki men ham shunday qilgan bo‘lardim.

Men Klichkoni hech qachon bunday yaxshi formada ko‘rmaganman. Joshua esa keragidan ko‘p og‘irlashib ketgan, bu farqni keltirib chiqarishi mumkin. 12 raund davomida bunday og‘irlikni ko‘tarib yurish juda qiyin. Demak, Joshua o‘sha-o‘sha chaqqonligini namoyish qila olishiga o‘zini ishontirishi kerak bo‘ladi» - Lennoks Lyuis, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni.

Jangdan keyin

«Entoni Joshua, yomon emas. Sening Klichko bilan janging hayot uchun emas, o‘lim uchundek taassurot qoldirdi. Men esa u bilan shunchaki o‘ynagandim. Raqs tushamizmi?» - Tayson Fyuri, jahonning sobiq chempioni.

Lennoks jangdan rohat olganini uning fikrlari isbotlab turibdi.

«Qanday ajoyib jang?! Har ikki bokschini tabriklayman, ular ishqibozlar uzoq vaqt gapirib yuradigan jang o‘tkaza oldi. Bunda boks muxlisi orzu qiladigan hamma narsa bor edi: jentelmenlarga xos tarbiya, yuqori drama, mashaqqat, munosiblik va o‘zaro hurmat.

Bu katta g‘alaba, bu Joshua uchun oldinga ulkan qadam. Va Klichko tomonidan ko‘rsatilgan haqiqiy erkaklik. Ularga mening hurmatlarim!» - Lennoks Lyuis, super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni.

Jang oldidan Klichko raqibini kimga o‘xshatgan bo‘lsa, o‘sha inson jangni Londonning o‘zidan tomosha qildi.

«Bu men ko‘rgan eng ajoyib janglardan biri bo‘ldi. Men Joshuani g‘alaba bilan, Klichkoni esa a’lo darajadagi jang bilan tabriklayman. Umid qilamanki, biz revansh jangini ko‘ramiz» - Arnold Shvarsenegger, aktyor va siyosatchi.

Eng so‘nggida g‘olib Joshuaning o‘zi sahnaga chiqdi.

«Men ideal emasman. Ammo o‘z ustimda ishlayman va hech qachon unutmaymanki, boks — birinchi navbatda harakter. Bugun men shu narsa o‘zimda borligini isbotlay oldim. Nokdaundan keyin men yurakdan jang qildim. Faqatgina shunday janglardagina sen o‘zingning nimalarga qodirligingni his qila olasan.

Klichko revansh talab qiladimi yoki yo‘q — bilmayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham men unga jang uchun minnatdorchilik bildiraman. Vladimir mag‘lub bo‘lib ham o‘rnak bo‘la oldi» - Entoni Joshua, super-og‘ir vaznda jahon chempioni.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:56, 30.04.2017.
O'qildi: 9711 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.