Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Olmaliq" darvozaboni Xurshid Xodjayev Oliy liga rekordini yangiladi

"Olmaliq" darvozaboni Xurshid Xodjayev Oliy liga rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda "Olmaliq" safiga “Andijon”dan kelib qo‘shilgan darvozabon Xurshid Xodjayev so‘nggi to‘rt uchrashuvda munosib ishtirok etdi.

Xurshid o‘z darvozasi dahlsizligini saqlash bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi. U 2016 yilgi mavsumning so‘nggi besh uchrashuvida raqib futbolchilariga gol urish imkonini bermagandi. Umumiy hisobda Xodjayevning “quruq” seriyasi 2016 yil 24 sentyabrdan boshlangan. O‘sha kuni “Andijon” safarda “Mash’al”ga yirik 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvda beshinchi gol 80-daqiqada Zohir Qo‘ziboyev tomonidan kiritilgandi. Shu bahsda beshta to‘p o‘tkazib yuborgan Xurshidni kechagi bahsga qadar 811 daqiqa biror futbolchi xafa qila olmadi.

Xodjayevning gol o‘tkazmagan o‘yinlari statistikasi quyidagicha:

Sana               Uchrashuv                                           Daqiqa

24.09.2016      “Mash’al” – “Andijon” 5:0             10

22.10.2016      “Andijon” – “Metallurg” 0:0         90

29.10.2016      “Olmaliq” – “Andijon” 0:0             90

03.11.2016      “Andijon” – “Bunyodkor” 0:0           90

16.11.2016      “Obod” – “Andijon” 0:0                  90

22.11.2016      “Andijon” – “Navbahor” 1:0           90

07.04.2017      “Olmaliq” – “Nasaf” 1:0                 90

14.04.2017      “Obod” – “Olmaliq” 0:1                  90

22.04.2017      “Olmaliq” - “Qizilqum” 0:0            90

29.04.2017      “Neftchi” – “Olmaliq” 1:1              81

JAMI                                                                     811

So‘nggi 15 yillikda oliy ligada qayd etilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslasak, Xodjayev natijasi birinchi o‘rinda turibdi.

2006 yil Ignatiy Nesterov (Paxtakor) 9 o‘yinda 750 daqiqa (12.03.2006dan 12.11.2006gacha)

2012-2013 yil Ignatiy Nesterov (Bunyodkor) 10 o‘yinda 719 daqiqa (08.10.2012dan 14.04.2013gacha)

2008 yil Pavel Bugalo (Bunyodkor) 9 o‘yinda 679 daqiqa (17.08.2008dan 09.11.2008gacha)

2002-2003 yil Ignatiy Nesterov 8 o‘yinda 675 daqiqa (03.08.2002dan 18.03.2003gacha)

2016 yil Murod Zuhurov (Bunyodkor) 7 o‘yinda 665 daqiqa (17.09.2016dan 17.11.2016gacha)                 

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 14:05, 01.05.2017.
O'qildi: 3473 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.