"Arsenal" yarimhimoyachisi Mesut O‘zil Angliya chempionatida "Tottenhem"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) tribunaosti binosi eshigini tepgan.
O‘yindan so‘ng Germaniya termasi o‘yinchisini doping nazoratidan o‘tishga taklif qilishgan. Buni O‘zilga yetkazishgach, u rad javobini berdi. Unga jarimaga tortilishi aytishdi. Shundan so‘ng O‘zil eshikni jahl bilan tepgan.
Futbolchi bu mavsumda doping nazoratidan ko‘p o‘tayotganidan norozi bo‘lgan.