Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

YECHL. Ronaldu «Atletiko»ni «ko‘mdi»

YECHL. Ronaldu «Atletiko»ni «ko‘mdi»

Baho:
+6 | -

Yevropa chempionlar ligasining dastlabki finalchisi aniqlandi. Deyarli aniqlandi!

Zidan "Atletiko"ga qarshi uchrashuvga juda to‘g‘ri strategiya va taktika tanladi. "Real" futbolchilari murabbiyning rejasini a’lo darajada amalga oshirildi.

"Madrid" ilk 10 daqiqa ichida bosim uyushtirib, "matraschilar" darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Kazemiro o‘ng tomondan bergan uzatmani Ronaldu bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan 6 daqiqa o‘tib maydon egalari ikkinchi golni urishlari mumkin edi.  Burchakdan yetkazilgan uzatmani Varan bosh bilan darvoza tomon burdi. Oblak qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Oradan 1 daqiqa o‘tib, "Atletiko" hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. Kokening ajoyib uzatmasidan keyin Gameyro birga-bir vaziyatga chiqdi va Navasni aldab o‘tishga harakat qildi. Keylor "Real"ni qutqardi.

O‘yinning 29-daqiqasida Benzema juda chiroyli gol muallifiga aylanishiga bir baxya qoldi. Ronaldu chap qanotdan darvozabon maydonchasi oldiga uzatma berdi va Karim chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p shundoqqina to‘sin ustidan o‘tib ketdi. 32-daqiqada esa Grizmann jarimadan yetkazgan uzatmaga Godin o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi.

Birinchi bo‘lim mana shunday keskin hujumlar ostida kechgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda jamoalarning rejalari o‘zgardi. Zidan jamoasi himoyada mustahkam o‘ynab, qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlarini kutdi. Bunday imkoniyat keldi, bir emas, ikki marta.

Uchrashuvning 73-daqiqasida Felipe Luisning xatosidan keyin Ronaldu zarbavor vaziyatga chiqdi va 14 metrlardan kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Lukas Vaskes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va chiziq ustidan to‘pni orqaga yetkazdi. Krishtianu 9 metrdan darvozani ishg‘ol qildi! 3:0, xet-trik!

Madrid derbisida "Real" dastlabki o‘yinni yirik hisobda o‘z foydasiga hal qildi va amalda final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Javob o‘yini 10 may kuni "Visente Kalderon"da bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final, dastlabki o‘yin
2 may, soat 23:45."Santyago Bernabeu"
"REAL MADRID" - "ATLETIKO MADRID" 3:0
Gollar: 1:0 – 10 Ronaldu, 2:0 – 73 Ronaldu, 3:0 – 86 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 46), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kroos, Benzema (Vaskes, 78), Ronaldu.
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Savich, Lyuka Ernandes, Saul (Gaytan, 58), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Korrea, 68), Grizmann, Gameyro (Torres, 57).
Ogohlantirishlar: Koke (26), Isko (48), Saul (53), Savich (83).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:47, 03.05.2017.
O'qildi: 22679 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик