Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Goaryan: "Mxitaryandan ancha iqtidorliroq edim"

Goaryan: "Mxitaryandan ancha iqtidorliroq edim"

Baho:
+ | -

Moskvaning "Lokomotiv" klubi sobiq hujumchisi Oganes Goaryan Armaniston termasidagi jamoadoshi, "MYU" yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan haqida gapirdi.

"Ha, men sharqlik erkakman va hozirgacha yaxshi stol oldida o‘tirishni, mazali taomlar yeyishni va do‘stlarimni mehmon qilishni xush ko‘raman. Buning yomon tomoni yo‘q. Ammo sport borasida o‘zimni ortiqcha harakatga majburlay olmasdim.

Genrix Mxitaryanni misol qilib keltiraman. U bilan Armaniston termasida o‘ynaganmiz, bir xonada yashaganmiz. Yaqin do‘st edik. U juda tartibli yigit edi. Vaqtida uxlar va vaqtida taomlanar edi. Hammasi rejadagidek. Men esa televizor ko‘rib, tonggi soat to‘rtda yotar edim. Kimdir cho‘qqiga erishadi, kimdir esa...

Ammo Armanistonda mening Mxitaryanda ancha iqtidorli bo‘lganimni haligacha gapirishadi. Buni agar uning o‘zidan so‘rasangiz ham aytishi mumkin. Biz gaplashib turamiz, u menga buni eslatib turadi. Endi esa, u "MYU"da o‘ynamoqda. Qachonlardir ikki yuz dollar ishlab topgan, endi esa - million yevro.

Mxitaryan har jabhada ideal edi. O‘qishda, do‘stlikda, futbolda. U haqida qiziqroq voqea ham eslolmaysan. U sang‘imasdi. Mashg‘ulot - uy. Kechqurun do‘stlari bilan uchrashgani chiqishi mumkin edi. "Kechqurun" deganda men kechki soat 5-6 ni nazarda tutyapman.

U otasini yo‘qotganidan so‘ng o‘z oldiga maqsad qo‘ydi va o‘zini shunga bag‘ishladi. Bunday odamlar kam. Biri - mening otam edi. U ham xuddi shunday tartibli edi", - deydi Goaryan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 04:56, 05.05.2017.
O'qildi: 6147 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.