Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 0-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol - Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa - An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ozarbayjon poytaxtida IV “Islom birdamlik o‘yinlari” o‘tkaziladi

Ozarbayjon poytaxtida IV “Islom birdamlik o‘yinlari” o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

12-22 may kunlari Boku shahrida IV “Islom birdamlik o‘yinlari” bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 57 ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston delegasiyasi “Islom birdamlik o‘yinlari”da birinchi marta ishtirok etadi.

Aslida mazkur o‘yinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan. Oradan to‘rt yil o‘tgach II “Islom birdamlik o‘yinlari” Eronda o‘tkazilishi kerak edi, ammo Eron va Arab davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob bo‘yicha uchinchi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan. Mana endi IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ga Ozarbayjon poytaxti mezbonlik qilmoqda.

Bokuda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish tajribasi bor. Zero 2015 yilda tarixdagi ilk Yevropa o‘yinlari ham aynan Kaspiy bo‘yida, Boku shahrida tashkil etilgandi. Ana shu nufuzli musobaqada orttirilgan tajriba ozarbayjonlik qardoshlarimizga “Islom birdamlik o‘yinlari”da ham qo‘l kelishi shubhasiz.

Qolaversa, musulmon davlatlarining o‘ziga hos spartakiadasi deya ta’rif berilayotgan bu safargi musobaqa uchun tashkiliy qo‘mita birorta yangi ob’ekt qurmadi. Aksincha Yevropa o‘yinlari uchun maxsus bunyod etilgan bir necha sport inshootlar infratuzilmasini yanada mustahkamlab o‘yinlar uchun hozirlab qo‘ydi.

Bellashuvlar jami 16 ta sport inshootlarida bo‘lib o‘tadi. Bular qatorida Bokudagi Olimpiya stadioni, Tofik Baxramov nomidagi stadion, Geydar Aliyev nomidagi sport arenasi, Gimnastika arenasi, “Baku Crystal Hall” sport saroyi, suv sporti turlari saroyi, “Bail Arena”, Boku tennis akademiyasi, “Dalga Arena”, “Serxedchi” sport saroyi va suv polosi arenalarini alohida ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi.

Musobaqa 20 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘yinlar dasturiga para-atletika hamda para-dzyudo turlari ham kiritilgan. IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtlarimiz sportning 15ta turida himoya qilishadi.

Sportchilarimiz yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og‘ir atletika, boks, gandbol, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadilar. Delegasiyamiz tarkibiga har bir sport turlari bo‘yicha tajribali sportchilar qatorida yosh atletlar ham kiritilgan bo‘lib, ular uchun Boku turniri yaxshigina tajriba maktabi vazifasini o‘tab beradi.

Shuningdek yosh va umidli sportchilar qatorida Ivan Yefremov (og‘ir atletika), Rustam Djangabayev (og‘ir atletika), Doston Yoqubov (og‘ir atletika), Diyorbek O‘rozboyev (dzyudo), Gulnoza Matniyozova (dzyudo), Nigora Tursunqulova (taekvondo), Dmitriy Shokin (taekvondo), Nikita Rafalovich (taekvondo), Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika), Nadiya Dusanova (engil yetletika), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Magomed Ibragimov (erkin kurash), Ixtiyor Navruzov (erkin kurash), Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Vadim Skorovarov (o‘q otish), Sabina Sharipova (tennis), Sadriddin Saymatov (karate), Aleksandr Svechnikov (para-atletika), Doniyer Saliyev (para-atletika) va Sevinch Salayeva (para – dzyudo) kabi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionati ishtirokchilari va sovrindorlari bor.

E’tiborlisi, O‘zbekiston IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Boisi hamyurtlarimiz Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza, umumiy 13 ta medal bilan musulmon davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallashgani barchamizga yaxshi ma’lum. Shunday ekan bizning sportchilarga qarshi bellashuvlarga raqiblarimiz alohida tayyorgarlik bilan chiqsalar ajab emas.

Umid qilamizki yurtdoshlarimiz Boku arenalarida ham zafarli yurishlarini davom ettirib barchamizni xushnud etishadi. Eslatib o‘tamiz, IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi 12 may kuni Bokudagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:25, 05.05.2017.
O'qildi: 4559 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.