Fransiya futbol ligasi «Bastiya» klubini qattiq jazoga tortdi.
Tartib-intizom qo‘mitasi 16 aprel kuni Fransiya chempionatidan o‘rin olgan «Lion»ga qarshi o‘yinda muxlislarning maydonga yugurib chiqishi va tartibsizliklarni uyushtirishi tufayli «Bastiya» klubiga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozdi.
Bundan tashqari, jamoa o‘z maydonida o‘tkazadigan uchta o‘yinni neytral stadionda va muxlislarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi.