Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Hech qachon taslim bo‘lma». «Manchester Siti» Husanovning Salohga qarshi o‘yinini e’tirof etdi (video)

«Hech qachon taslim bo‘lma». «Manchester Siti» Husanovning Salohga qarshi o‘yinini e’tirof etdi (video)

Baho:
+1 | -

«Manchester Siti»ning Instagram'dagi sahifasi O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ishtirok etgan epizodga munosabat bildirdi. Bu holat Angliya kubogi chorak finalida «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda (4:0) sodir bo‘ldi.

O‘yin epizodlaridan birida Husanov «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga qarshi jonkuyarlik bilan kurashdi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

«Hech qachon taslim bo‘lma», — deb yozdi «Manchester Siti» Instagram sahifasi va O‘zbekiston bayrog‘i emodzisini qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» «Liverpul»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda Erling Xoland xet-trikka erishdi, Antuan Semenyo esa yana bir golga mualliflik qildi.

Yarim finalda Angliya kubogi doirasida «Manchester Siti» «Sautgempton»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:17, 06.04.2026.
O'qildi: 10457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик