Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan 2-4 Bolonya
28/10 22:30 Parma 0-0 Udineze
28/10 22:30 Venetsiya 0-2 Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

O‘zbekistonning JCHdagi raqibi YECHL g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

O‘zbekistonning JCHdagi raqibi YECHL g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Kongo Demokratik Respublikasi bir nechta ikki fuqarolikka ega bo‘lgan futbolchilarni Jahon chempionatida o‘z bayrog‘i ostida to‘p surishga ko‘ndirish uchun Yevropaga o‘z vakillarini yubordi. Ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:

Senni Mayulu (“PSJ”)
El-SHaday Bitshiabu (“RB Leypsig”)
Antoni Milambo (“Brentford”)

Ular orasida eng nomdor futbolchi — transfer narxi 40 million yevroga baholanayotgan 19 yoshli yarim himoyachi Senni Mayuludir. U joriy mavsum “PSJ” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Parij klubi tarkibida UYEFA Chempionlar Ligasi, FIFA Qit’alararo kubogi, Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Ayniqsa, 2025/2026 yilgi YECHL finalida “Inter” darvozasini ishg‘ol etgani diqqatga sazovordir.

Agar Kongo jamoasi ushbu iqtidorlarni o‘z safiga jalb qila olsa, tarkib yana uch nafar yuqori saviyali legioner bilan kuchayadi.

Ma’lumot uchun, Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati qit’alararo pley-off bosqichi finalida Yamayka ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Afrika qit’asi vakili mundialning “K” guruhida O‘zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kongo DR va O‘zbekiston o‘rtasidagi 3-tur uchrashuvi 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:55, 06.04.2026.
O'qildi: 5022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик