Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Oleg Tyulkin: «Dinamo»da ruhiy holat juda yaxshi»

Oleg Tyulkin: «Dinamo»da ruhiy holat juda yaxshi»

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Samarqandning «Dinamo» klubi oliy liga bahslarida yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Yaqinda jamoa Toshkentda «Bunyodkor» bilan to‘qnash keldi. Qiziqarli kechgan bahsda durang qayd etildi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng maxsus muxbirimiz samarqandliklar ustozi Oleg Tyulkin bilan suhbat uyushtirdi.

- Aksariyat yosh muxlislar Oleg Tyulkin kim ekanligini bilishmaydi. Dastlab «Traktor», keyinchalik «Chilonzor» klublarida faoliyat olib borganingizni bilamiz. Eng avvalo, o‘zingiz haqingizda gapirib bersangiz...

- Toshkent traktor zavodi - TTZ atrofida tug‘ilib, o‘sha yerda ulg‘ayganman. Mahalladagi bolalar bilan futbol o‘ynab katta bo‘lganmiz. Xonadonimiz yaqinida «Futbolchilar uyi», yo‘lning uyog‘ida esa stadion joylashgandi. Futbolchilarning mashg‘ulotlarini doimo tomosha qilib, ularga to‘p tashlab turardik. Keyinchalik mashg‘ulotlarda birga qatnasha boshladik. Bolalar jamoasidagi birinchi murabbiyim Vasiliy Ivanovich Nakonechniy. Keyinchalik Valeriy Nikolayevich Lyotkin o‘z qaramog‘iga oldi. Aynan undan haqiqiy futbol sirlarini o‘rgandim. Shu tariqa «Traktor»ning yoshlar jamoasiga yo‘l oldim. U yerdan asosiy jamoagacha bordim. Tarkibimiz ancha yaxshi edi.

Har yili kimnidir Respublikaning asosiy jamoasi hisoblangan «Paxtakor»ga olishardi. Sergey Kovshov, Husan Boymetov, Vitaliy Jilkinlar shular jumlasidan. Lyosha Yevstafeev, Gera Bezdenejnix, Stas Kudryashovlar menga qo‘shni bo‘lishgan. 1991 yili 2-ligada bufer zonaga o‘tish imkoniyatini beradigan o‘rinni egalladik. Bu mintaqada 1-ligaga chiqish uchun kurash olib borsak bo‘lardi. Biroq ko‘p o‘tmay chempionat ham to‘xtatildi. O‘sha yili faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylab turgandim. Biroq Birodar Abduraimovning qo‘ng‘irog‘idan so‘ng hammasi o‘zgarib ketdi. U kishi «Chilonzor»ga yordam ber. Jamoaga oliy ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Maydon markazida senga o‘xshagan futbolchi kerak», deb qoldi. Abduraimov o‘shanda jamoa rahbariyatida edi. Shu bois ham jamoa uchun jiddiy qayg‘urardi. «Chilonzor»ni Rauf Ineleev boshqarardi. Lekin men futbolchilik faoliyatimni tugatmoqchi bo‘lganim bois, taklifni qabul qilishga shoshilmadim. Buning ustiga «Traktor» o‘rinbosarlarini boshqarishimni taklif qilishgandi. To‘g‘risi, o‘ynash istagi yo‘qolsa, faoliyatni tugatish kerak. Bu holat o‘z boshimdan o‘tgani uchun aytyapman.

Tajribali, kuchli bo‘lishingiz mumkin. Lekin yoshlar o‘ynashni istaydi, qalbi yonib turadi. Istaksiz maydonga tushib, vaqt o‘tkazishning keragi yo‘q. Bunday holatlar futbolni «o‘ldiradi». Xullas, taklifni qabul qilib, jamoa yig‘iniga tashrif buyurdim. Bir-ikkita nazorat o‘yinlarida ishtirok etgandan keyin, o‘zimda qandaydir ishtiyoqni sezdim. Shundan so‘ng butsani mixga ilishga hali erta ekanini anglab, o‘ynashda davom etdim. «Chilonzor»ga qo‘limdan kelganicha yordam berdim. Jamoa oliy ligaga chiqdi. Ammo tarkibda men yo‘q edim. Chunki futbolni yakunlashga qaror qilgandim.

- Futbolchilikdan murabbiylik sohasiga o‘tish qanchalik qiyin bo‘ladi?

- Bu mas’uliyatli va ruhiy jarayon. Ko‘p narsani o‘yinchilik paytingizdagidan boshqacharoq qabul qilishga majbursiz. Murabbiy futbolchidan farqli o‘laroq, faqat o‘zi uchun emas, balki butun jamoa uchun javob beradi. O‘yin, natija, muhit, futbolchilarning kayfiyati va maishiy ishlar shular jumlasidandir. To‘g‘ri dam olgan o‘yinchi mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tkazadi. Umuman olganda, hamma - har xil. Shuning uchun ham har bir futbolchi bilan alohida munosabat o‘rnatish kerak.

- Murabbiy Tyulkin qanday? U shogirdlariga nisbatan qattiqqo‘lmi yoki muloyim?

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:44, 06.05.2017.
O'qildi: 3318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.