Insayder Karlos Monforning xabar berishicha, Entoni Gordonga “Barselona”da qaysi raqam berilishi hozirdanoq ma’lum.
Manbaning ta’kidlashicha, angliyalik futbolchi Kataloniya klubi safida 19-raqam ostida harakat qiladi.
E’tiborli jihati, ushbu raqam avvalroq jamoaning boshqa bir yulduzi — Lamin Yamalga tegishli bo‘lgan. Ortda qolgan mavsumda esa Runi Bardji undan foydalandi. Shvesiyalik vinger yozda ijaraga berilishi yoki sotilishi kutilmoqda.













