Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Babayan davri ortda qoldi, endi «Paxtakor»da yangi davr boshlanadi

Babayan davri ortda qoldi, endi «Paxtakor»da yangi davr boshlanadi

Baho:
+ | -

«Paxtakor» futbol klubi atrofida anchadan buyon gap-so‘zlar urchiyotgandi. O‘tgan hafta nihoyat yangilik eshitdik: klub tomonidan rahbariyatda o‘zgarishlar qilingani haqida rasman ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, «Paxtakor» vise-prezidenti lavozimiga Bobur Kabulovich Shodiyev tayinlandi, bosh direktorlik esa Umid Mahamadjonovich Ahmadjonov zimmasiga topshirildi. Xo‘sh, bu yangilik nimadan dalolat?

ESKI DAVR

«Paxtakor»da butun boshli davr ortda qoldi. Kimlarningdir ta’biri bilan aytganda, «Babayan davri». Bu davrga «oltin era» nisbatini berishni ma’qul ko‘radiganlar ham bor, albatta. Umuman, har kim o‘ziga yoqqan ta’rifni qo‘llash huquqiga ega. Muhimi, ikki nisbatni ilgari suruvchilar ham haq bo‘lib chiqishadi.

Zero, bu davr darhaqiqat, Samvel Babayan boshqaruvida o‘tdi. U 2001 yildan e’tiboran avvaliga vise-prezident, keyin menejer va yakunda, ya’ni O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi oldidan bosh murabbiy sifatida ishladi. «Paxtakor» bu vaqt davomida qator g‘alabalarga erishdi, 2008 yilga qadar chempionlikni qo‘ldan boy bermay keldi va OCHLda ham dastlabki 2 mavsumda yarim final raundiga chiqdi. Bu g‘alabalarning kimgadir yoqqani-yu, ayrimlarga yoqmagani bosh-qa masala. Zotan, 2001 yildan so‘ng «Paxtakor» butun mamlakat bo‘ylab «ov»ga chiqib, eng kuchli futbolchilarni o‘z tarkibiga jamlashni boshladi. Aynan shunisi tabiiyki, ko‘pchilikka yoqmadi.

Axir raqiblarni kuchsizlantirish evaziga chempionlikka erishish bilan muxlis orttirib bo‘larmidi? Shu tariqa «Paxtakor» bir vaqtlar haqli ravishda olgan «xalq jamoasi» maqomini yo‘qota boshladi. Harqalay, 15 yil muqaddam ham bu e’tirofga e’tiroz bildiradiganlar ko‘p topilmasdi, endi esa «Paxtakor»ga nisbatan «xalq jamoasi» maqomini ishlatish kulguli.

Zero, jamoani suymaydigan muxlislarni nafaqat viloyatlar, balki poytaxtning o‘zida ham uchratish mumkin. 25 yil muqaddam bunaqasi tasavvurga ham sig‘masdi. Hozir esa yurtimizda «Paxtakor»ning antimuxlislari ko‘proqdek, bir qarashda. Mana, g‘alabalarga boy shu davr ortda qolib, «Paxtakor» yangilanish sari yuz tutdi. Tub islohotlar qanday manzara kasb etadi? Endi shu haqda...

YANGI DAVR

Hozir yangi «Paxtakor»ga bog‘liq tasdiqlangan ma’lumotlardan ko‘ra, tasdiqlanmagani ko‘proq. Albatta, ular orasida haqiqatga mos keladigani qatori mutlaqo aqlga sig‘maydiganlari ham bor. Ba’zilari hattoki, afsona misoli. Yo‘q, «Paxtakor»ni kim sotib olganini muhokama qilmoqchi emasmiz, zero, bu haqda faqat rasmiy xabar berilsagina bilib olamiz. Ammo shuning barobarida klubni katta o‘zgarishlar kutib turganini bemalol taxmin qilish mumkin. Asosiysi, ko‘zda tutilgan islohotlar barcha jabhalarni qamrab oladi. Xullas, yaqin orada murabbiylar shtabi, tarkib va hattoki, stadion masalasida ham yangiliklar ketma-ketligi uzilmasa kerak. Mana, ilk o‘zgarish  avvalo, murabbiylar shtabidan boshlandi.

MURABBIY

Har qancha og‘ir bo‘lsada, tan olish lozim, oxirgi yillarga qarasak, «Paxtakor»da 3-4 nafar murabbiyning almashib ish yuritishi odat tusiga kirgandi. Xususan, yaqindagina bosh murabbiy roliga taklif etilgan va ko‘p o‘tmay iste’foga chiqarilgan Ravshan Haydarovning «sherlar» boshqaruvini qayta-qayta qo‘lga olganini bilamiz. Shuningdek, uzoq vaqt Viktor Jalilov murabbiylar shtabining doimiy a’zosi bo‘lib kelgani ham ma’lum. Klub muxlislari o‘zgarishlar shamoli esa boshlagach, avvalo, shu tizimga barham berilishini istagandilar.

Mana, yangi rahbariyat birinchi navbatda, Ravshan Haydarovni iste’foga chiqarishni ma’qul ko‘rdi. Uning o‘rnida vaqtincha bosh murabbiy maqomi ostida Jasur Abduraimov ishlaydi. Ta’kidlash joiz, ayni vaqtdagi sharoitdan kelib chiqib, ushbu qarorni eng optimal tanlov sifatida tilga olish mumkin. Chunonchi, hozir darrov yaxshi saviyali murabbiy topish amri-mahol. Shunday ekan, klub ichki zaxiralaridan foydalangan holda, og‘ir vaziyatdan chiqib ketishi lozim. Unutmang, «Paxtakor» oliy liga turnir jadvalida sira o‘ziga yarashmaydigan joyda bormoqda. Bunday holatda xorijdan talab darajasidagi mutaxassis olib kelish qiyin.

Zero, taklif etiladigan murabbiy oldiga jiddiy vazifalar qo‘yilishi shart. O‘zini hurmat qiladigan mutaxassis esa 

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:24, 08.05.2017.
O'qildi: 23072 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.