Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Diyor Turopov: «G‘alaba qozonib, bayramga sovg‘a tayyorlamoqchimiz»

Diyor Turopov: «G‘alaba qozonib, bayramga sovg‘a tayyorlamoqchimiz»

Baho:
+ | -

Bugun «Lokomotiv» OCHL-2017 guruh bosqichining so‘nggi 6-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Hamon «pley-off»ga chiqish imkoniyatini saqlab turgan «temir-yo‘lchilar» Dubayda «Al-Ahli» klubi mehmoni bo‘lishadi.

Afsuski, O‘zbekiston chempionining taqdiri o‘z qo‘lida emas. Agar parallel ravishda kechadigan o‘yinda «Al-Tavon» «Istiqlol»ni yengsa, so‘nggi turdagi g‘alaba ham Mirko Yelichich shogirdlariga yordam bermaydi. Boisi, Saudiya jamoasi o‘zaro bahsda vakillarimizdan ustunlikka erishgan. Biz bugungi o‘yin oldidan «Lokomotiv» futbolchisi Diyor Turopovdan intervyu oldik.

- Diyor, oldinda sizlarni muhim uchrashuv kutib turibdi. Mazkur bahsga tayyorgarlik qanday ketyapti?

- Murabbiylar bu o‘yinga alohida reja ishlab chiqishgan. Nazariy mashg‘ulotlarda raqib jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni tomosha qilib, «Al-Ahli»ni yaqindan o‘rgan-yapmiz.

- Raqibni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Bo‘lajak bahsda kuchli ishtiyoq va g‘alabaga ishonch bo‘lsa, albatta, 3 ochko qo‘lga kiritiladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha bir maromda harakat qilsak, maqsadimizga erishamiz, deb o‘ylayman.

- «Lokomotiv»ga oson bo‘lmasligini hozirdan taxmin qilish mumkin. Ruhiy tomondan uchrashuvga tayyormisizlar?

- Ha, guruhning so‘nggi o‘yinidagi g‘alaba biz uchun juda muhim. Chunki nimchorak finalga chiqish taqdiri hal bo‘ladi. Murabbiylarning ko‘rsatmalarini bekam-u ko‘st bajarishga intilyapmiz. Futbolchilar ruhiy tomondan bahsga tayyor. O‘ylaymanki, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarib, muxlislarimizni chiroyli g‘alaba bilan xushnud etamiz.

- «Istiqlol» va «Al-Tavon»ga qarshi Toshkentda kechgan o‘yinlarda qimmatli ochkolar boy berildi. Yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosalar chiqarildimi?

- To‘g‘ri, o‘yinni yutib turib, yakunda raqibga ochko taqdim etganimiz alam qildi. O‘sha ikkala uchrashuv videoyozuvlarini qaytadan ko‘rib chiqib, xatolardan tegishli xulosalar chiqarildi. Umid qilamanki, navbatdagi o‘yinga mukammal darajada tayyorgarlik ko‘ra olamiz.

- Omadsizlikning sababini o‘rganib, tahlil qilib ko‘rdinglarmi?

- Shaxsan men buni omadsizlik, demagan bo‘lardim. Barchasiga o‘zimiz sababchimiz. Endi xatolarimizni to‘g‘rilashimiz kerak.

- «Lokomotiv»ning taqdiri ikkinchi o‘yinga ham bog‘liq. Narigi juftlikda «Istiqlol» «Al-Tavon» maydonida yutqazmasligi shart. Bu uchrashuv baribir, xayolning bir chetini egallasa kerak?

- Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan guruhimizning ikkinchi o‘yini ham diqqat markazimizda bo‘ladi. Lekin biz mazkur uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Shu bois ham birinchi galda o‘zimiz g‘alaba qozonishga intilamiz. Keyin «Istiqlol»ga muxlislik qilamiz.

- Bu yilgi OCHLning saviyasi haqida nima deya olasiz? Ko‘pchilik aynan «Lokomotiv» joylashgan guruhni eng kuchlisi deyapti...

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:50, 09.05.2017.
O'qildi: 4504 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик