Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mulohaza: Yevrofutbol nigohlardan nari kun

Mulohaza: Yevrofutbol nigohlardan nari kun

Baho:
+ | -

Maqolamiz sarlavhasi bois, kimlardir bizni maksimalistik qarashda ayblashlari mumkin. Mayli, bunga rozimiz. Mayli, bunga rozimiz. Zero, fikrimizni yorqinroq ifodalash, 9 may kunining hayotimizdagi o‘rnini teran tushunish va tushuntirish, futbol muxlislari bir dam ayricha sergak tortishlari uchun aynan shu sarlavhani tanladik.

Milliy jamoamizdagi depsinishdan va futbolimiz mutasaddilari, murabbiylar, o‘yin­chilardagi tushunarsiz g‘alati karaxtlikdan fig‘oni falakka ko‘tarilayotgan muxlis uchun 9 may - ogohlik, bedorlik, mavzuga yangicha munosabat kuni. Xususan, o‘zimiz uchun ham! Bu kun shunday o‘ylamoq va mulohaza yuritmoq har birimiz uchun ham qarz, ham farz. Fashizmga qarshi kurash qurbonlari xotirasi oldidagi qarzdorlik abadiydir. Qurbonlar ruhini e’zozlash esa insoniyat zimmasiga tushgan mangu missiyadir.

Fashizm balosidan butun insoniyat aziyat chekdi, lekin sobiq sho‘ro hududidagi xalqlar boshiga tushgan azob-uqubatlarni hech qachon yozib tugatib bo‘lmaydi. Bepoyon o‘rmonlar va botqoqliklar, mangu muzliklar va baland qoyalar uzra yastangan qorliklar bag‘ridan hamon II Jahon urushi qurbonlari izlari topilmoqda. Fashizm xunrezligi oqibati o‘laroq, ming-minglab iste’dodlar - bo‘lajak yulduzlar futbol osmoni uzra pormalay-porlay olmay, mangu so‘nishdi.

Kim biladi, balki ular Lev Yashin va Rinat Dasayev, Eduard Strelsov va Oleg Bloxin, David Kipiani  va Xoren Oganesyan, Birodar Abduraimov va Gennadiy Krasniskiy kabi buyuk iste’dodlardan ham iste’dodliroq edilar... Fashizm MDH hududida ko‘kka bo‘y rost­layotgan futbol chinorining ulkan shoxlarini kesib tashladi.

Bu makonda shakllanib, sayqal topayotgan iste’dodlar zanjirining bir necha xalqasi mangu uzildi. Urush bo‘lmagan va o‘sha iste’dodlar zanjiri uzilmaganida, bugun MDH, xususan, O‘zbekiston futboli qay darajada yuksaklashardi - buni ta’riflashga til ojiz. Urush futbolning yuqori sur’atini to‘xtatdi va ortga surdi. «Repetitor» gazetasiga II Jahon urushi statistikasini tayyorlash chog‘i tushundikki, G‘arbiy Yevropa ushbu ulkan balo ofatidan anchayin ihotalangan. Bu boradagi ma’lumotlar orasida osmon bilan yerchalik farq bor.

Demoqchimizki, urush ta’sirida biroz sekinlashgan bo‘lsada, yevrofutbol aslo taraqqiyotdan to‘xtamagan. O‘sha asoratlar sabab, MDH futboli hamon yevrofutbol bilan tenglasholmaydi, bellasholmaydi. XX asr 40-yillarida uzilgan genetik zanjirning salbiy ta’siri hozirga kelib sezilmoqda. Urushdan avval tug‘ilib, urushdan keyin kamol topgan avlod XX asrning 60-80-yillarida ajoyib o‘yinlari bilan butun Yevropani larzaga soldi. Urush oqibatida tug‘ilmagan yoki kamol topmagan iste’dodlar qoldirajak avlod ayni damdagi MDH, shu jumladan, O‘zbekiston futboli taraqqiyotida o‘ziga xos lokomotiv bo‘lishi lozim edi.

Tarixning adolatsiz va shaf­qatsiz hukmi sabab, biz shu taraqqiyotdan bebahra qoldik. Olg‘a intilish davrida jiddiy jabr-sitam ko‘rmagan, iste’dodlar zanjiri hamisha mustahkam saqlanib qolgan yevrofutbol esa  gullab-yashnashda davom etmoqda. Dengiz dovuli ulkan to‘lqinlarning bir-biriga urilishi natijasida yuzaga keladi. Bulutlarning ayovsiz to‘qnashuvi ta’sirida chaqmoq chaqadi. Futboldagi taraqqiyotni ham shunday tasavvur qilmoq joiz. Bir necha avlod tajribasi ta’siridagina futbol bir maromda taraqqiy topadi. Boshqacha aytganda, sohaning ildam qadam bosishi uchun bir necha avlod tajribasi uyg‘unlashuvi va sayqallashuvi shart.

Mamlakatimiz futboli esa faqat XX asr 60-yillari avlodining tarixiy tajribasiga tayanmoqda, xolos. Boz ustiga, milliy futbolimiz MDH tarkibiga kirgan boshqa mamlakatlardan farqli ravishda, 70-yillar avlodining yetuk vakillarini ham yo‘qotgan. «Paxtakor-79» halokatini nazarda tutayotganimiz hammaga tushunarli. Urush va halokat oqibatida taraqqiyot maromi izdan chiqqan futbol saviyasini «nemis mashinasi» mahoratiga solishtirish, qiyoslash adolatdanmi?

Yo‘q, albatta. Nemis futboli urush yillari

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:54, 09.05.2017.
O'qildi: 4591 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.