Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ko‘nikdik! yoki o‘zbek futbolining bugungi manzarasi haqida ikki og‘iz

Ko‘nikdik! yoki o‘zbek futbolining bugungi manzarasi haqida ikki og‘iz

Baho:
+ | -

O‘qish paytlarida, ya’ni bundan 10-15 yil avval, kuratorimizdan futbol ko‘rish uchun ruxsat olish azob edi. Hatto milliy terma jamoa o‘yinlariga ham. “Domla, bir vaqtlar siz ham futbol desa, o‘zingizni tomdan tashlagansiz-ku”, - deya hazillashsak, aft-angori burishib — “Seningcha bu sochlar ammamning buzog‘i o‘g‘irlanganidan oqarganmi?! Umuman, o‘zimiznikilardan qo‘l siltaganimda, sen hali qishlag‘ingda tappi dumalatarding, tirrancha...”, - degan qo‘rsgina javob eshitardik.

Hozir o‘ylab qarasam, men ham ustozning “manzillari”ga eson-omon, yo‘qotishlarsiz yetib kelibman. Buni kecha, “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ning Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi so‘nggi o‘yinlarini ko‘rmaganimdan keyin payqadim. “Bunyodkor”ku mayli, ko‘rgiligi qolmagan. Ammo, birgina g‘alaba bilan nimchorak finalni hal qilishi mumkin bo‘lgan jamoaning o‘yini ham menda zarracha qiziqish uyg‘otmadi.

Haqiqiy muxlis emasmanmi? Vatanparvarlik yo‘qmi menda? Kechirasizu, vohada katta bo‘lganman. Ammo “Neftchi” yoki “Do‘stlik”ning (eslatma: bir paytlar Toshkent viloyatining shu nomdagi mashhur jamoasi bo‘lardi) qit’a miqyosidagi birorta o‘yinini o‘tkazib yuborganimni bilmayman. Chiroq o‘chsa dvijokka, televizor buzilsa qo‘shnilarga murojaat qilardik. “Palakat bosib, yutib qo‘ysa” (otamning ta’biri) “yupi” ichilardi, yutqazsa — ko‘z yoshi...

Afsuski, yillar mobaynida mendan, sizdan, bizdan — milliy futbol zavqini tortib olishdi. Kelishilgan o‘yinlar, yoshdan “urib qolish”, nosog‘lom tizim, saviyasiz murabbiylar, sifatsiz translyasiyalar, chipta oldi-sottisi, “ko‘tarma puli”, terma jamoalar markazi ... va hokazo illatlar kishilarni o‘zbek futbolidan bezdirdi. Eng yomoni, hech kim ularga qarshi kurashmadi. Kurashmoqchi bo‘lganlarni esa yoqasi yirtildi.

Oqibatda — ko‘nikdik. Biz, terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqolmasligiga ham, klublarimizning sharmandali mag‘lubiyatlariga, mutasaddilarning muammolarga panja ortidan qarashiga, va’dabozlikka, o‘yin ichidagi “o‘yinlar”ga, murabbiylarning menejer yoki aksincha bo‘lishiga, hokimiyatlar mahalliy klublar uchun tadbirkorlardan “jiz’ya” undirishiga, ikki pulga qimmat legionerlarga, bolalar futbolidagi poraxo‘rlikka, hamma-hammasiga, sirtimizda tan olmasakda, ich-ichimizdan allaqachon ko‘nikib bo‘ldik!

Hozirgi vaziyat shunday tuyulyaptiki, jurnalistdan tortib, mutasaddilargacha o‘zbek futbolidan qo‘lini tortib, qo‘ltig‘iga urgandek. Mamlakatda futbol hech kimga kerak emasdek.

Masalan, yaqinda bir qator mahalliy OAVlarda va nihoyat Terma jamoalar markazi faoliyati rasman tugatilgani e’lon qilindi. Shunchaki, imi-jimida “Asqar Tolibjonov rahbarligidagi terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi”, - deyildi xolos. Ya’ni, hech kim 2009 yilda tashkil etilgan markazning tugatilganiga rasman izoh bermadi. Go‘yoki, markaz o‘z vazifalarini “qoyillatib” bajarib qo‘yganu, ammo ustavida 2017 yilda tugatilishi belgilab qo‘yilgani uchun ham yopilgan...

“Xo‘sh, qariyb 20 nafarga yaqin xodimi bo‘lgan markaz faoliyati nega tugatildi?”, “Markaz o‘z oldiga qo‘ygan qaysi vazifalarni bajara olmadi?”, “Markaz uchun ketgan xarajatlarni kim qoplaydi?”, “O‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish mas’uliyati endi kimning zimmasiga yuklanadi?” kabi savollarga, fol ochasizmi, Tolibjonovdan so‘raysizmi, ishqilib o‘zingiz javob topib olavering.

Umuman, mutasaddilarning milliy terma jamoaga bo‘lgan munosabatiga ko‘nikkanimizga ham ancha bo‘ldi. Bir yilda taxminan Iordaniya, Sho‘rtan yoki Gruziyaning U-20 jamoalari bilan ikki-uchta o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi (agar qoldirilmasa), asosiy o‘yinlarga ikki kun qolganda “asosiy” futbolchilar amallab yetib keladi, “oqlar” va “ko‘klar”ga bo‘linib mashg‘ulot o‘tkaziladi va... Babayan asos solgan hamda faqat ungagina ayon “vertikalar”-“gorizontal” taktika! Moslashdik shunga!

Boshqa yangilik yo‘q. Kutmay ham qo‘ydik. Internet saytlari sahifalari asosan raqiblarimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘la: “Xitoy futbol federasiyasi Lyovga taklif bilan chiqdi”, “JCH-2018dan umidini uzgan BAA Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bilan shartnoma imzolamoqchi”, “Eron futbolchilari mutasaddilardan norozi” va hokazo. O‘zimizning “azamatlar”ga kelganda esa — o‘raga sichqon tushdi, guldur-gup! To‘g‘rida, bergulik xabarning o‘zi bo‘lmasa.

Aslida, ko‘nikishning ijobiy tomonlari ham bor ekan. Tomoq qirib baqirmaysan, asabingni buzmaysan, “enangdan qolgan toshoyna” sinmaydi. Mazza qilib “Yuventus” yoki “Real”ga muxlislik qilib yuraverasan. Men esa ketdim, “Uzbek tigers”ning navbatdagi yurishini ko‘rgani...

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:17, 12.05.2017.
O'qildi: 10599 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.