Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Oliy liga. «Dinamo» - «Nasaf»: 37-uchrashuv arafasida

Oliy liga. «Dinamo» - «Nasaf»: 37-uchrashuv arafasida

Baho:
+ | -

10-turning e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Mahalliy «Dinamo» jamoasi so‘nggi yillardagi prinsipial raqibi Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qiladi.

O‘YINNI TANTASHEV BOSHQARADI

Oliy Liga 10-tur bahslarini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi. Ro‘yxatga binoan, «Dinamo» - «Nasaf» uchrashuvini buxorolik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlasa, unga qanotlarda Husniddin Shodmonov va Abdullo Qo‘ldoshevlar yordam berib borishadi.

Uchrashuv nazoratchisi Farhod Abdullayev etib tayinlangan bo‘lsa, PFL vakili sifatida Aleksey Frolov tayinlangan.

Oliy Liga. 10-tur. 13 may (shanba)

«Dinamo» (Samarqand) – «Nasaf» (Qarshi)

Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:30

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), X. Shodmonov (Buxoro), A. Qo‘ldoshev (Buxoro), A. Lupashko (Toshkent)

Nazoratchi: F. Abdullayev (Toshkent).

PFL vakili: A. Frolov.

O‘ZARO O‘YINLAR

«Dinamo» va «Nasaf» jamoalarining bu bahslari Oliy Ligada doirasidagi 37-to‘qnashuvdir. Jamoalar shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. O‘tkazilgan 19 uchrashuvda «Nasaf», 7 o‘yinda esa «Dinamo» g‘alabaga erishgan. 10 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Gollar nisbati - 34:51 «Nasaf» foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.

Ushbu jamoalar so‘nggi marta Oliy Ligada 2015 yilda oktyabr oyida o‘zaro maydonga tushib, 1:1 hisobini qayd etishgan.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

31.10.2015 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1

03.08.2014 «Dinamo» - «Nasaf» 0:5

17.08.2013 «Dinamo» - «Nasaf» 1:3

15.03.2012 «Dinamo» - «Nasaf» 0:2

20.06.2011 «Dinamo» - «Nasaf» 0:1.

Darvoqe…

«Dinamo» va «Nasaf» jamoalari 2016 yilda ham Samarqandda nazorat uchrashuvi o‘tkazishgan va o‘shanda 1:2 hisobida mehmonlar g‘alaba qozongan. Joriy yilgi mavsumda ham «Dinamo» «Nasaf» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga ulgurdi. 3-tur o‘yinlaridan keyin yuzaga kelgan tanaffus vaqtida Samarqandda o‘tkazilgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 19 mart (yakshanba)

“Dinamo” (Samarqand) – “Nasaf” (Qarshi) 2:2 (1:1)

Samarqand, 7 850 tomoshabin.

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)

Gollar: Sardor Sulaymanov 21 pen., Amirjon Safarov, 72 - Bobir Abduxoliqov, 2, Shaxboz Erkinov, 76.

«Dinamo»: 1.Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokayev, 3.Bunyod Isroilov (13. Asomiddin Mamatov 78), 8. Jasur Azimov, 10. Javohir Qahramonov (24. Timur Fayzullayev 75), 9. Sardor Sulaymonov 20. Amirjon Safarov 60), 14. Radu Rogak, 15. Shoxruxbek Holmatov (Hakimxon Alamxonov, 75), 18. Damir Nizanov (11. Abdumalik Abdullayev 52), 22. Abdudjamol Isroilov (7. Omadjon Tayloqov 75), 23. Komil Sharofutdinov (21. Iskandar Xolmirzayev 54).

«Nasaf»: 35.Sanjar Quvvatov (1.Umid Ergashev 67), 2.Akmal Shorahmedov (6.Aziz G‘aniyev 60), 4.Maqsud Karimov (31.Saydullo Rahmatov 82), 10.Dilshod Rahmatullayev (5.G‘olib G‘aybullayev 77), 14.SHarof Muhitdinov (8.Sirojiddin Qo‘ziyev 82), 18.Bahrom Abdurahimov (38.Doniyor Narzullayev 60), 20.Islom Kenjaboyev (15.SHaxboz Erkinov 60), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 15.Bobir Abduxoliqov (9.Dilshod Xushbakov 60), 69.Dragan Cheran.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:00, 13.05.2017.
O'qildi: 3276 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.