«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger APL 34-turidan o‘rin olgan «Sanderlend» (2:0) klubiga qarshi o‘yindagi g‘alabaga izoh berdi.
«Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Biroq sabr-bardosh bilan o‘ynab, niyatimizga yetdik.
O‘tgan mavsumda 71 ochko bilan 2-o‘rinni egallagandik. Hozir esa 72 ochko bilan 5-o‘rinda boryapmiz. So‘nggi turda ham g‘alaba qozonib, 75 ochko jamg‘armoqchimiz. Hozircha shunga rozi bo‘lishimiz kerak» - dedi Venger BBC xabarida.