Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

APL. “Liverpul” — “Arsenal”: 4-o‘rin uchun kimning imkoniyati yuqori?

APL. “Liverpul” — “Arsenal”: 4-o‘rin uchun kimning imkoniyati yuqori?

Baho:
+ | -

Ayni damda Angliya Premyer ligasida birinchi va ikkinchi o‘rinlar qaysi klubga nasib qilishi aniq bo‘lsa-da, hali shiddatlilik pasaygani yo‘q. Sababi, YECHLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rin uchun “Liverpul” va “Arsenal” o‘rtasida qizg’in kurash kechishi aniq. Chempionat tugashiga bir tur qolganida “Liverpul”da 73, “Arsenal”da esa 72 ochko mavjud.

“LIVERPUL” — 70 FOIZ

Ha, Yurgen Klopp shogirdlarining YECHLga yo‘llanma olish imkoniyati Arsen Vengerning shogirdlarinikidan anchagina katta. Birinchidan, “Liverpul” so‘nggi tur o‘yinida g’alaba qozonsa bo‘ldi, marra uniki. So‘nggi turda esa “mersisaydliklar” “Midlsbro”ni qabul qilishadi. “Midlsbro” qanday natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar Chempionshipga tushib ketishi aniq, boisi jamoa ayni damda 28 ochko to‘plagan, 17-o‘rindagi “Suonsi”da esa 38 ochko bor. Demakki, “Midlsbro” oxirgi o‘yinda shunchaki muxlislar uchun maydonga tushadi. Yoz navbatida bu “Liverpul” uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin, boisi “Midlsbro” ortiqcha bosimsiz o‘ynaydi va ishqibozlarini quvontirish uchun bor kuchini ishga soladi, yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Biroq “Liverpul” uchun qulay tomoni hamma narsa o‘z qo‘lida.

“ARSENAL” — 30 FOIZ

“Arsenal”ning imkoniyati kamligini quyidagicha izohlash mumkin — uning to‘rtinchi o‘rinni egallashi faqat o‘ziga bog’liq emas. Arsen Venger shogirdlari so‘nggi turda “Everton”ga qarshi bahs yuritishadi. Birinchidan, “Everton” osonlikcha mag’lub bo‘lmaydi, ikkinchidan “Arsenal” g’alaba qozongan taqdirda ham “Liverpul” ochko yo‘qotmasa, foydasi yo‘q. Mantiqan olib qaraganda esa g’alaba qozonish uchun “Arsenal”dan ko‘ra “Liverpul”da imkoniyat ko‘proq. Ammo kim biladi deysiz, ehtimol, “Liverpul” “Midlsbro” bilan durang o‘ynab, “Arsenal” esa “Everton”ni yutib, 4-o‘rinni olishi mumkin. Bu futbol, biz esa hozircha voqealar rivojini kuzatib boramiz.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 18:52, 17.05.2017.
O'qildi: 8690 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.