Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Marat Bikmayev gol urishda davom etmoqda

Marat Bikmayev gol urishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Anchagina shiddatli ruhda kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, kechagi uchrashuvda “Lokomotiv”ning yagona goliga jamoa hujumchisi Marat Bikmayev mualliflik qildi. Mazkur gol tajribali futbolchi uchun joriy yilgi chempionatimiz doirasida 11-si bo‘ldi. Ayni paytda Oliy Liga to‘purarlar bahsida yakka peshqadamlik qilayotgan futbolchimiz hozirga qadar o‘tkazilgan 10 ta o‘yinning 9 tasida raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi. Faqatgina “Sho‘rtan”ga qarshi kechgan bellashuvda Marat maydonni golsiz tark etishga majbur bo‘ldi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, Marat Bikmayev hozircha “Lokomotiv” gol urgan har bir uchrashuvda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lmoqda. U 11 ta golning 4 tasini penaltidan kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, “Lokomotiv” safida o‘ynayotgan Jaloliddin Masharipov ham to‘purarlar poygasida yetakchilar qatorida bormoqda. Mahoratli futbolchi hisobida hozircha kiritilgan 5 ta gol mavjud. U shularning bittasini 11 metrli jarimadan kiritgan.

Yana bir tajribali futbolchi Sardor Mirzayev esa 3 bora raqiblari darvozabonlarini hafa qilishga erishdi. Murod Bobojonov hamda Ikrom Aliboyev hisobida 2 tadan gol mavjud. Temur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev kabi o‘yinchilar bu yil hozircha bir martadan o‘z nomini tabloga yozidirib qo‘yishga erishishdi.

Yana bir jihat “Lokomotiv” ishqibozlarini xushnud etishi turgan gap. Jamoamiz hozirda milliy chempionatimizda eng sermahsul o‘yin namoyish etayotgan jamoa bo‘lib turibdi. Qolaversa, eng kam gol o‘tkazib yuborgan klub ham – aynan “Lokomotiv”dir. To‘plar nisbati bugunga kelib 25-7 ko‘rinish olgan.

 

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:32, 18.05.2017.
O'qildi: 4096 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик