Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Bema’no poyga yoxud «Lokomotiv» va «Bunyodkor» OCHLda nima qila olishdi?

Bema’no poyga yoxud «Lokomotiv» va «Bunyodkor» OCHLda nima qila olishdi?

Baho:
+ | -

Marraga so‘nggi bo‘lib kelishingizni bila turib poygada qatnashaverarmidingiz? Axir bu g‘alati-ku! Boshqa tomondan, «Baribir, yutqazaman», deb, kurashdan to‘xtash ham noto‘g‘ri. Ammo eng oxirida qolish insonning hamiyatiga tegadi. Alam qiladi. Klublarimizning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki shunga o‘xshash. Imkoniyatlarini bila turib ham poygaga chiqishadi. Avval bu ishni faqat «Bunyodkor» «uddalardi», endi «Lokomotiv» ham uning yoniga qo‘shildi. Bir so‘z bilan aytganda, bema’no poyga...

Yaqin-yaqingacha o‘zbek klublari OCHL­da ancha raqobatbardosh hisoblanardi. To‘g‘ri, ulardan hech kim g‘oliblikni kutmagan. Lekin turnir favoritligiga asosiy da’vogarlar ham o‘ylanib maydonga tushardilar. Bu yil esa, G‘arbiy mintaqada eng yomon natija qayd etgani aynan bizning vakillar bo‘ldi. Xo‘sh, bunga nima sabab? Kimga nima yetishmadi? Hamma hissiyotlarni bir chetga surib, shu haqda biroz mulohaza yuritsak.

«BUNYODKOR»

Aslini olganda, «qaldirg‘ochlar» yil o‘tgani sari Chempionlar Ligasida «yaxshiroq» natija qayd etishmoqda. Klub ikki yil muqaddam 1 ochko bilan guruhda qolib ketgan edi. Keyingi safargisida ko‘rsatkich nisbatan yaxshilandi - ochkolar soni oshdi. Bu mavsum esa «Bunyodkor» hatto bitta g‘alabaga ham erishdi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘sish bor. Agar eski rahbariyat va murabbiylar shtabi almashmaganda, biror 10 yildan so‘ng jamoa guruhdan chiqqanini ham balki ko‘rarmidik?!

«Bunyodkor»ga nima yetishmasligini futbolga endi qiziqa boshlagan muxlis ham aytib bera olsa kerak. So‘nggi yillarda klub oldiga g‘alabalar emas, «terma jamoaga nomzod futbolchilar yetishtirib berish» vazifasi qo‘yilgani bois raqobatbardosh tarkib deyarli qolmadi. Jamoa ishtirokidagi oxirgi o‘yinlar ham bunga misol - darvozabon Murodjon Zuhurovdan boshqalarning hech biri 23 yoshdan katta emasdi. Bunday jamoaga nima yetishmasligi mumkin? Albatta, ruhiy barqarorlik va og‘ir vaziyatlardan chiqib ketish ko‘nikmasi.

Yoshlardan tuzilgan jamoada bir kamchilik kuzatiladi - golni birinchi bo‘lib urib olsa, ko‘tarinki ruhda hujumlarni davom ettiradi. Aksincha, o‘zi gol o‘tkazib yuborgan taqdirda futbolchilar bosimni ko‘tara olmay, «sinib» qolishadi. «Bunyodkor»ga so‘nggi paytlarda aynan yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan tajribali futbolchi yetishmadi. Murodjon Zuhurov iloji boricha ularga ko‘rsatma berib turishga intildi, ammo yoshlarga o‘z atrofida teppa-teng, kerak bo‘lsa, ko‘proq yuguradigan yetakchi kerak. Ishoning, bunday sardor yonida turib, baland ovozda ko‘rsatmalar bersa, hatto sillasi qurib, kuchi qolmagan o‘yinchi ham borini safarbar etadi.

Mirjalol Qosimovning jamoani qabul qilib olganidan so‘ng tarkib kuchaytirilishi va tajribali futbolchilar taklif etilishi haqida gapirgani bejiz emas. Yoshlar bo‘lgani yaxshi, ammo ular kimdandir o‘rnak olishi shart. Aks holda, na jamoa va na o‘yinchida o‘sish kuzatiladi. Qosimovning o‘zi bir vaqtlari «Paxtakor»da Xoren Oganesyan bilan birga to‘p surib, undan ko‘p narsalar o‘rganmaganda, shunday saviyaga chiqarmidi yoki yo‘q, bahsli masala. Hozirgi «Bunyodkor»da kim Shomurodov va Hamdamovga o‘rnak bo‘la oladi? Hech kim. Shunday ekan, bu futbolchilarning vaqti kelib kuchli chempionatlarda o‘ynashiga umid qila olamizmi? Mirjalol Qosimov Yevropada o‘z obro‘siga ega «Liverpul» darvozasini ishg‘ol etishni uddalagandi. «Bunyodkor» yoshlari esa Osiyo jamoalariga gol urishda qiyinchilikka duch kelishmoqda.

Jamoaning yana bir muammosi murabbiy bilan bog‘liq edi. Albatta, chetdan turib gapirish to‘g‘rimasdir, ammo oddiy muxlis uchun ham «Bunyodkor»da murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi munosabat risoladagidek emasligi sezilib qolgandi. Sergey Lushan ko‘p asabiylashardi, futbolchilaridan norozi bo‘lib, tez-tez ovozini ko‘targancha ko‘rsatmalar berardi. Hatto zaxiraga chiqqan o‘yinchilariga ham maydon chetidayoq e’tiroz bildirishdan o‘zini tiyolmadi. Mazkur holat esa klubda ichki muhit borasida ishlar silliq kechmayotganini ko‘rsatib turgandi. Aslida, bu haqida gapirish unchalik ham shart emasdir. Chunki «Bun­yodkor»da murabbiylar shtabi ham o‘zgardi, rahbariyat ham. Umid qilamizki, ushbu o‘zgarishlar jamoaga barqarorlik olib keladi.

«Bunyodkor»da ishtiyoq, kuch va g‘ayrat borasida hammasi joyida edi. To‘g‘risini aytganda, «Al-Ayn»dan uchralgan so‘nggi mag‘lubiyatni inobatga olmaganda, qolgan bahslarda «qaldirg‘ochlar» yengilgan bo‘lsalar-da, yomon o‘yin namoyish etishmadi. Mana shu tarkibga ikki-uch nafar yuqori saviyadagi o‘yinchi qo‘shilsa, jamoaning avvalgi mavqeini qaytarishiga ishonamiz. Ammo mavjud muammolarni hal qilish oson emas. Eng katta masala - Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘lsa kerak. Klub hozir oliy ligada kuchli o‘nlikka kirish uchun kurashmoqda. Bunday vaziyatda OCHLdagi ishtirok haqida gapirish ortiqchadek, go‘yo. Ko‘ramiz, yangi murabbiylar shtabi nimalar qilar ekan.

«LOKOMOTIV»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:27, 19.05.2017.
O'qildi: 6135 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.