Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Mbappe tug‘ilgunga qadar Buffon nimalarga ulgurgan?

Mbappe tug‘ilgunga qadar Buffon nimalarga ulgurgan?

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasining yarim final bosqichida Italiyaning «Yuventus» va Fransiyaning «Monako» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Mazkur o‘yinlarda ikki futbolchi — italyanlardan Janluiji Buffon, fransuzlardan esa Kilian Mbappe alohida ajralib turdi. Eng qizig‘i, aynan shu ikki futbolchiga oid shunday qiziqarli statistikalar bor ekanki, ularni o‘qib, ayni damda ular bir davrda o‘ynayotganiga ham ishonmaysiz. Masalan, Buffon Mbappedan 20 yilu 326 kunlik katta. Quyidagi faktlar esa bundan ham qiziqroq.

Janluiji Buffon Mbappe tug‘ilgunga qadar Italiya A seriyasida 82 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularning 36 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Shuningdek, Mbappe tug‘ilguncha Buffon professional faoliyatida 107 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 44 tasida raqiblar uni dog‘da qoldira olishmagan.

Mbappe tug‘ilgunga qadar Janluiji Italiya terma jamoasi safida uch bor harakat qilgan. Qolaversa, 1998 yilgi jahon chempionatida Italiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Mbappe tug‘ilgunga qadar Buffon UYEFA Chempionlar ligasi va UYEFA kubogi sohibiga aylangan. Shu bilan birga, Italiya chempionatida kumush medallarga egalik qilgan.

Nihoyat, Mbappe tug‘ilgunga qadar Buffon 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan.

Futbolchilar nima deydi?

Janluiji Buffon:

— Mbappe 1998 yilda tug‘ilgan, men esa bu vaqtda terma jamoa tarkibida jahon chempionatida ishtirok etishga ulgurgandim. Bilasizmi, men juda baxtliman. Chunki 1950-1960 yillarda tug‘ilgan futbolchilar bilan faoliyatingni boshlash va 2000 yilda tavallud topgan futbolchilarga qarshi harakat qilib, faoliyatingni yakunlash — bu juda ajoyib va quvonchli holat. Men aynan ana shunday baxtga erishyapman.

Kilian Mbappe:

— Buffon dunyo futboli tarixida chuqur iz qoldirgan eng kuchli darvozabonlardan biri. Men unga qarshi harakat qilganimdan mamnunman. Ayni damda har kuni Buffon va unga o‘xshash futbolchilarni mag‘lub etish uchun o‘z ustimda tinimsiz ishlayapman. So‘z beraman, agar yana imkoniyat tug‘ilsa, Buffonning darvozasiga gol kiritish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman va buning uddasidan chiqaman.

Ma’lumot uchun, Mbappe Buffonning darvozasiga gol urishni uddaladi.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 11:55, 19.05.2017.
O'qildi: 4661 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.