«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionati 38-turida «Uotford»ga qarshi kechadigan o‘yinni finalga qiyosladi. «Shaharliklar» mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda uchinchi o‘rinda bormoqda va to‘rtinchi o‘rindagi «Liverpul»dan 2 ochko ortda qolgan.
- Yakshanba kuni bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi - mavsumning haqiqiy finali. Biz g‘alaba qozonishimiz shart. Oxirgi o‘yinlarda juda yaxshi o‘ynadik, ammo mavsumning oxirgi 95-96 daqiqasini ham ajoyib o‘tkazishimiz shart.
«Uotford» mavsumni yaxshi o‘tkazdi, ular xavfsiz joyda. Biz esa extiyot bo‘lishimiz lozim, - deydi Gvardiola.