Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Futzal U20. O‘zbekiston - Mo‘g‘uliston. Prevyu

Futzal U20. O‘zbekiston - Mo‘g‘uliston. Prevyu

Baho:
+ | -

Tailandda davom etayotgan futzal bo‘yicha yoshlar (U20) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ertaga chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi bu bosqichda Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs olib boradi.

Xose Mariya Mendez shogirdlari "S" guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Jamoamiz to‘plar nisbatiga ko‘ra Livanni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Terma jamoamiz futzalchisi Akbar Usmonov 7ta gol urib, musobaqa to‘purarligi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Mo‘g‘uliston esa "D" guruhida BAAni ortda qoldirgan holda 2-o‘rinni band etdi. Mo‘g‘ullar 4ta o‘yinning 2tasida g‘alaba qozonishdi hamda bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etishdi. Erden-Ochir Sandagdorj shogirdlari chorak finalda O‘zbekistonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish haqida o‘ylayotganiga shubha yo‘q.

O‘zbekiston — "C" guruhi g‘olibi
3 g‘alaba, 1 durang, 10 ochko
Urilgan gollar: 21
O‘tkazilgan gollar: 8
To‘purar futzalchi: Akbar Usmonov (7)

Xose Mariya Mendez (O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi):
"Musobaqa boshlangunga qadar Mo‘g‘iliston haqida ma’lumotga ega emasdik. Ularning o‘yinlarini ko‘rib chiqqanimizdan keyin bildikki, raqib jamoa safida iqtidorli o‘yinchilar bor. Ularning Xitoyga qarshi bahsi yaxshi chiqdi.

Biz o‘z o‘yinimizni tashkil qilishda bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmaymiz. Akbar Usmonov 7ta gol urgan bo‘lsa-da, biz bir jamoa sifatida harakat qilamiz. Yarim finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston g‘alaba qozonish uchun teng imkoniyatlarga ega. G‘alaba qozonish uchun o‘z rejamizni amalga oshirishga harakat qilamiz".

Mo‘g‘uliston — "D" guruhida 2-o‘rin
2 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, 7 ochko
Urilgan gollar: 10
O‘tkazilgan gollar: 12
To‘purar futzalchi: Altansux Temuudjin (4)

Erden-Ochir Sandagdorj (Mo‘g‘uliston terma jamoasi bosh murabbiyi):
«Murakkab bo‘lgan "D" guruhida ishtirok etdik. Eron, BAA va Xitoyga qarshi o‘yinlarda ishtirok etib, chorak finalga chiqishni muvaffaq bo‘ldik. O‘z mamlakatimiz uchun katta yutuqqa erishish yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Biz kuchli uchlikka kirishni maqsad qilganmiz».

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 15:39, 21.05.2017.
O'qildi: 8017 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик