Raul Asensio sentyabr oyi boshida voyaga yetmagan ishtirokidagi intim videoyozuvni tarqatish va videoni roziliksiz tarqatish ayblovlari bilan sudda paydo bo‘ladi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, bu ikkala jabrlanuvchi ham shikoyatlarini qaytarib olganiga qaramay sodir bo‘ladi.
Himoyachi sudga uning sobiq "Real Madrid" yoshlar jamoasidagi uch nafar futbolchisi bilan birga chaqiriladi. Ferran Ruis, Xuan Rodriges va Andres Garsiya voyaga yetmagan va yana bir ayol ishtirokidagi jinsiy aloqaga oid ochiq videoni yozib olish va tarqatishda ayblanmoqda.
Payshanba kuni sudya dastlabki sud majlisida to‘rt erkakning himoyachilari tomonidan taqdim etilgan barcha dalillarni rad etdi.
Advokatlar Ispaniya polisiyasi tomonidan sudlanuvchilarning telefonlarini musodara qilishdan olingan dalillarni o‘z ichiga olgan holda, ish materiallaridan dalillarni chiqarib tashlashda qat’iy turib oldilar. The Athletis tomonidan ko‘rib chiqilgan sud hujjatlarida sudya bunday musodara qilish uchun telefonlar "egalarining roziligi talab qilinmasligini" ta’kidlab, qo‘shimcha qildi: "Barcha sudlanuvchilar hibsga olinishidan oldin tarkibni o‘chirish uchun bulutli saqlash qurilmalariga zaxira nusxalarini yaratganlar, bu esa ko‘rib chiqilayotgan voqealar bo‘yicha tergovga to‘sqinlik qilishga qaratilgan aniq urinishdir".
Jabrlanuvchi deb taxmin qilingan har bir kishi Asensioga qarshi ayblovlarini qaytarib oldi, ammo sudya ularning e’tiborga olinishi uchun sudda o‘z pozisiyalarini takrorlashlari kerakligi haqida qaror chiqardi.













