«Barselona» gresiyalik hujumchi Vangelis Pavlidisning o‘yinini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kataloniya klubi rahbariyati Portugaliyaning «Benfika» klubi futbolchisini Ferran Torres jamoani tark etgan taqdirda yoki Madridning «Atletiko»sidan Xulian Alvares transferi amalga oshmay qolsa, muqobil variant sifatida ko‘rmaqda. Bu haqda AS nashri xabar beradi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli forvard «Barselona»ning short-listidan o‘rin olgan. Bu transferni amalga oshirish juda murakkab kechishi mumkin, chunki yaqinda Yevropada Ligasi saralash o‘yinida 4 ta gol urgan o‘z yetakchisini «Benfika» qo‘yvorishni istamayapti.
O‘tgan mavsumda Pavlidis o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘yib, jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylangandi, shuningdek, 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali gresiyalik hujumchini 28 million yevroga baholamoqda.













