Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

O‘zbekiston – Tailand o‘rtoqlik uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston – Tailand o‘rtoqlik uchrashuvi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turidan avval Tailand termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadi.

Jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 6 iyun, seshanba kuni soat 20:00 da start olishi ko‘zda tutilgan. Mazkur bellashuv O‘zbekiston termasi uchun Eronga qarshi o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi bahsni stadiondan bevosita yoritishni rejalashtirayotgan OAV vakillari JCH–2018 saralash bosqichi uchun berilgan akkreditasiya kartochkalari bilan “Bunyodkor” maydonida kirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o‘yindan keyin 1 ochko bilan so‘nggi, 6-pog‘onani band qilib turibdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:02, 22.05.2017.
O'qildi: 5903 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.