Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Mudrik «Chelsi»dan ijaraga ketishi mumkin: unga 3 klub qiziqmoqda

Mudrik «Chelsi»dan ijaraga ketishi mumkin: unga 3 klub qiziqmoqda

Baho:
+2 | -

Mixail Mudrik doping sababli berilgan diskvalifikasiya muddati yakunlangach, yaqinda «Chelsi» ixtiyoriga qaytdi. Ukrainalik vinger faoliyatini ijara asosida boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Unga Angliya Premyer-ligasining uchta klubi qiziqish bildirmoqda.

Football.London xabar berishicha, ukrainalik futbolchiga da’vogarlardan biri — «Koventri». Jamoaning bosh murabbiyi Frenk Lempard Mudrik bilan avvalroq London klubida birga ishlagan.

Shuningdek, avvalroq Mudrik ijara asosida «Strasburg»ga yoki Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 yoshli futbolchi «Chelsi» safida 2023 yildan buyon to‘p tepmoqda. U barcha turnirlarda 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Kiritildi: 17:17, 12.08.2026.
O'qildi: 1020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик