Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Qo‘qon-1912" kubok uchrashuvida "Metallurg"ni yengdi

"Qo‘qon-1912" kubok uchrashuvida "Metallurg"ni yengdi

Baho:
+ | -

Ushbu jamoalar bundan roppa-rosa bir oy oldin chempionat doirasida to‘qnash kelishgandi. Suhrob Berdiyevning benefisiga aylangan o‘sha uchrashuvda qo‘qonliklar 3:0 hisobida raqibdan ustun kelishgandi. Bu safargi o‘yinga bo‘lgan qiziqish ham yuqori bo‘ldi.

Uchrashuvni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. Dastlabki daqiqalardan qo‘qonliklar hujumga zo‘r berishdi.

24-daqiqada jarima to‘pidan keyin raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi.

Urashuvdagi dastlabki xavfli vaziyat 30-daqiqada vujudga keldi. Ammo undan mezbonlar samarali foydalana olishmadi.

41-daqiqada yana bir jarima to‘pidan keyin hisobni ochilishi mumkin edi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to‘p mezbonlar raqib darvozasiga joylashtira olishmadi. Ozgina aniqlik yetishmadi.

Birinchi bo‘limning oxirgi daqiqasida omad mehmonlardan yuz o‘girdi. Aks holda uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi. Tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni ham qo‘qonliklar hujumkor ruhda boshlashdi.

52-daqiqa Javohir Sidiqovning reydi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Afsuski, uning zarbasini “Metallurg” posboni bartaraf etdi.

60-daqiqada mehmonlar xavfli vaziyatga ega chiqishdi. Bu vaziyatda Murod Xolmuhammedov xatoga yo‘l qo‘ygandi.

63-daqiqa endi Nosir Otaqo‘ziyev o‘ta qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi. 69-daqiqa hisob ochildi. Murod Xolmuhammedovning jarimadan tepgan to‘pi raqib darvozasidan joy oldi.

74-daqiqa o‘tib borayotgan paytda raqiblar Suhrob Berdiyevni o‘z jarima maydonchalari ichida chalib yiqitishdi. Hakam penalti belgiladi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirdi – 2:0.

Qolgan daqiqalarda qo‘qonliklar raqib darvozasi oldida shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Ammo ulardan oqilona foydalana olishmadi. Natijada uchrashuv 2:0 hisobida yakuniga yetdi.

So‘nggi daqiqa o‘tib borayotgan pallada Muhammadodil Qahramonov ikkinchi marta sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.

Shu tariqa kubok o‘yinlarni hisobga olsak "Qo‘qon-1912"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 ta uchrashuvga yetdi.

Ushbu jamoalarning javob uchrashuvi 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zbekiston kubogi, 1/8 final

Birinchi uchrashuv

“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” – 2:0 (0:0)

Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), SH. Nasibullayev (Namangan)

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Gollar: Murod Xolmuhammedov – 70,74 (pen).

“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov (4. Bahodir Akramov-46), 9. Nosir Otaqo‘ziyev (17. Avaz Mamatxo‘jayev-80), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev, 24. Ibrohim Rahimov (11. Andrey Sidorov-46), 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Holmuhammedov, 96. Muhammadanas Hasanov.

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 5. Jalil Kimsanov, 25. Iqbol Malikjonov, 97. Oybek Rustamov.

“Metallurg”: 25. Timur To‘ychiyev, 3. Visol Mageramov, 7. Doniyor Odilov, 9. Farhod Namozov, 11. Murod Toshmatov (5. Jasur Ahmedov-67), 20. Doston Tursunov, 23. Kamron Kapadze, 27. Muhammadodil Qahramonov, 28. Abror Toshqo‘ziyev, 77. Doniyor Ismoilov (33. Umid Rahimov-64), 95. Timur Usmonov (38. Muhammad Sultonov-66).

Zaxira: 35. Akobir Qayumov, 8. Ayubxon No‘’monov, 13. Sanjar Qodirqulov, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:26, 22.05.2017.
O'qildi: 3437 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.