Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Shavkat Saidov: “Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi”

Shavkat Saidov: “Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Metallurg” klubi boshlig‘i Shavkat Saidov ishtirok etdi.

"O‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, bundan bir oy oldin chempionat doirasidagi uchrashuvda Qo‘qondan yirik mag‘lubiyat bilan qaytgandik. O‘tgan vaqt mobaynida xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Bugun tarkibda biroz o‘zgarish bo‘ldi. Birinchi bo‘limda raqib bilan teng kurash olib bordik. Ikkinchi taymda esa maydon egalari shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Bugungi bahs taqdirini standart vaziyatlar hal etdi, deyishim mumkin. Murod Xolmuhammedov ikkala golini ham aynan standart vaziyatdan keyin kiritdi.

Bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, javob o‘yinidan vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilamiz", - deydi Saidov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:01, 22.05.2017.
O'qildi: 3407 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик