«Atletiko» yarimhimoyachisi Koke klub bilan tuzgan shartnomasi muddatini uzaytirdi.
Yangi bitimga ko‘ra 25 yoshli futbolchi 2024 yilgacha «Atletiko» tarkibida qoladigan bo‘ldi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.