Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Umar Abdulrahmon «Al-Ayn»ni tanlashini so‘rab, Sardor Rashidovga qo‘ng‘iroq qildi

Umar Abdulrahmon «Al-Ayn»ni tanlashini so‘rab, Sardor Rashidovga qo‘ng‘iroq qildi

Baho:
+ | -

Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon O‘zbekiston milliy terma jamoasi Sardor Rashidovga qo‘ng‘iroq qilib, «Al-Ayn» safiga o‘tishni so‘radi. Bu haqda Rashidov «Futbol Ekspress» nashriga bergan intervyusida qayd etib o‘tgan.

«Menda Amirliklardan ko‘p takliflar bor: «Al-Ayn», «Al-Ahli», «Al-Jazira», «Al-Vahda», «Al-Vasl» va «Sharja». Ular orasidan o‘zim uchun eng yaxshi taklifni qabul qilmoqchiman. Bu katta ehtimol bilan «Al-Jazira» bo‘ladi. Chunki ular klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynaydi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida ishtirok etadi. «Al-Ayn»da o‘ynash ishtiyoqim ham bor. Ammo ular chempionatda 4-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasidan quruq qoldi. Yakuniy qarorni iyun oyida qabul qilaman» - dedi Sardor Rashidov.

«Al-Ayn» 2016 yil Chempionlar ligasining finaliga qadar yetib borgan bo‘lib, yarim finalda Sardor Rashidov to‘p suradigan «Al-Jaish»ni mag‘lub etgandi. O‘sha mavsumda Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘la olgan «Al-Ayn» yetakchisi Umar Abdulrahmon Sardor Rashidovni olib kelish uchun shaxsan o‘zi aloqaga chiqqan.

«Umar Abdulrahmonning o‘zi meni jamoasida ko‘rishni xohladi. «Al-Ayn» o‘tgan yili ham meni sotib olish istagida edi. Ammo jamoam rozi bo‘lmagandi.

Bu safar Umar menga qo‘ng‘iroq qilib, birga to‘p surish niyati borligini aytdi. Ammo menga «Al-Jazira» varianti qiziqarliroq. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati orqali o‘zimni ko‘rsatishim mumkin» - dedi Sardor Rashidov.

Ma’lumot uchun, «Al-Ayn» safida Umar Abdulrahmon bu yil hisobidan «Bunyodkor»ga qarshi ikki bor maydonga tushdi va har ikkisida ham 1 tadan gol bilan, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi: 3:2, 3:0.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:08, 24.05.2017.
O'qildi: 14934 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.