Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Oleg Tyulkin: «O‘yinga yarasha hisob bo‘lmadi»

Oleg Tyulkin: «O‘yinga yarasha hisob bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

Oliy liga 12-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Qizilqum» (0:1) uchrashuvidan keyin «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yindan oldin faqat g‘alabani ko‘zlagandik. Yigitlarimiz oxirigacha kurashishdi, ammo tajriba bobida baribir «Qizilqum» ustunlik qildi. O‘yinga yarasha hisob bo‘ldi deb aytolmayman. «Qizilqum» o‘yin borasida bizdan kuchli o‘ynamagan bo‘lsada, g‘alaba qozonib ketdi.

- Raqibning kiritgan tushunarsiz goli haqida nima deya olasiz?

- Aniq nima bo‘lganligini yaxshi tushunmadim. Qanot hakami «ofsayd» deya bayrog‘ini ko‘tardi, bosh hakam golni inobatga olmadi, keyin esa gol hisoblandi. Aniq ko‘rmay, buni izohlay olmayman. Takroriy vaziyatni yana ko‘rish kerak. Nazoratchi hakamlar ko‘rib chiqishadi.

- Javohir Qahramonov va Radu Rogaklar nega tarkibda yo‘q?

- Javoxir O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif olgan. Shu bois muhim o‘yinimizga qaramay, uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldik. Himoyachimiz Radu Rogak esa jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Davolanish uchun uni uyiga, Moldovaga qo‘yib yubordik. Muolajalari yakunlangach, yana safimizga qaytadi.

- O‘tgan mavsum samarqandlik yosh yarimhimoyachi Jonibek Ko‘chimov «Dinamo»da yaxshi o‘yin namoyish etgandi, yil boshida esa «Surxon»ga ijaraga berildi. Ikkinchi davrada ushbu tezkor futbolchini «Dinamo»ga qaytarib, tarkib kuchaytirilsa bo‘lmaydimi?

- Bu ko‘proq futbolchining o‘ziga, xohishiga bog‘liq. To‘g‘risi, uning shartnomasi bilan tanish emasman. Birinchi davradan keyin bu haqda o‘ylab ko‘ramiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:27, 27.05.2017.
O'qildi: 2592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик